Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
312-mashq. Keltirilgan fe’llar qanday (rasmiy, so‘zlashuv, badiiy)
uslubga xosligini yozing. Ming‘irlamoq, ozod etilmoq, qaror qabul qilmoq, g‘azablanmoq, xushnud bo‘lmoq, valdiramoq, sayr ayladi, izhor qildi, g‘imirlamoq, nishonladi, e’tiroz bildirmoq, gap otmoq, nutq so‘zlamoq, tashrif buyurmoq, xitlamoq, so‘ppaymoq, ovoz bermoq, tasdiqladi, dardiga darmon bo‘ldi, so‘zga chiqmoq, maza qilmoq, masxaralamoq, kuyunmoq, vujudga kelmoq, inkor qilmoq, jilvalanmoq, mahliyo etmoq. 313-mashq. Matnni ko‘chiring. Fe’llarning o‘tgan, hozirgi va kelasi zamon shakllarini aniqlab, ustiga yozib ko‘rsating, ma’no ottenkasini izohlang. HADISI SHARIF Islom shariatining asosiy manbalaridan ikkinchisi sunnatdir. Sunnat Rasulullohdan naql qilingan Hadisi shariflar orqali shakllanadi. Hadisi shariflarda Rasululloh alayhissalomning so‘zlari, qilgan ish faoliyatlari va sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari to‘g‘risida hikoya qilinadi. Shu uch xil uslubning har biri sunnat deyiladi. Hadisi shariflarni yig‘ib kitob shakliga keltirish, asosan, Payg‘am- barimiz alayhissalomning vafotlaridan keyin amalga oshirilgan. Bu sharafli ish hijratning uchinchi asriga kelib keng quloch yoygan. Islom olamining o‘sha paytdagi madaniy markazlaridan sanalgan shaharlarda Hadis fani bilan shug‘ullanuvchi muhaddislar ko‘p bo‘lgan. Ular Hadis to‘plamlarini tuzishgan. Ular ichida eng ishonchli manba sanalganlari oltita bo‘lib, bularni Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom at- Тermiziy, Imom an-Nasoiy va Imom ibn Mojalar tuzishgan. Bu buyuk muhaddislarning to‘rt nafari turonzaminlik bo‘lgani bilan butun Islom dunyosi miqyosida faxrlansak arziydi. Muhaddislik shu qadar sharafli va sermashaqqat ishki, u kishidan zakovat, kuch-quvvat, fidoiylik, yuksak iqtidor va kuchli quvvayi hofizani talab qiladi. («Vatan tuyg‘usi») Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling