Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

314-mashq. Gaplarni o‘qing. Fe’llarni ko‘chirib, nisbat, mayl, zamon, 
shaxs va sonini izohlang. 
1. Тomirida Jaloliddin Manguberdi, Amir Тemur qoni jo‘sh urgan 
pahlavon o‘g‘lonlarimiz omon bo‘lishsin. 2. Bizning xodimlarimiz bankdagi 
har bir murakkab jarayonlarni ham bemalol uddalashdi. 3. Avvallari bitta-
yarimta yosh-yalanglarning chekishi ham bizga g‘ayrioddiy hol tuyulardi. 4. 
Anjuman yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chiqilib, ishtirokchilarga 
tarqatildi. 
5. 
Vohada 
islohotlarni 
chuqurlashtirish, 
iqtisodiyotini 
mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar o‘z 
samarasini bermoqda. 6. Bir narsa kishida umid uyg‘otadi: farg‘onaliklar 
nafaqat asrimizning so‘nggi yilini, balki yangi mingyillikni munosib 
ko‘rsatkichlar bilan kutib olishga harakat qilmoqdalar. 7. Istiqlol tufayli 
chekka qishloqlarda ham havaslansa arzigulik korxonalar yaratildi. 8. 
Korxonamiz ishga tushgach, O‘zbekiston tamg‘asi bitilgan mahsulotlar 
ichki bozorga dadil kirib boradi. 9. Mustaqillikning zafarli qadami, 
huzurbaxsh nasimi butun mamlakatda bo‘lgani kabi Andijonning Ko‘makay 
qishlog‘ini ham o‘zgartirib yubordi. 
315-mashq. Matnni o‘qing, fe’llarni topib izohlang. O‘zbek tilining 
rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan yana qanday tilshunos olimlarni 
bilasiz, ular haqida so‘zlab bering. 


SHONAZAR SHOABDURAHMONOV
(1923) 
Filologiya fanlari doktori (1964), professor (1967), O‘zbekiston Fanlar 
akademiyasining akademigi (1974) Shonazar Shoabdurahmonov o‘zbek tili 
fonetikasi, o‘zbek tilining badiiy-estetik vazifasi, leksikografiyasi, 
morfologiyasi, dialektologiyasi yuzasidan qator salmoqli asarlar yaratdi. 
Jumladan, «O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar» (1953), «Fonetika. O‘zbek tili 
fonetikasiga doir ba’zi masalalar» (1953), «O‘zbek tilida punktuatsiya» 
(1955), «O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari» (1962) kabi asarlari 
o‘zbek tilshunosligining rivoji uchun munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. 
Akademik Sh. Shoabdurahmonov o‘rta va oliy ta’limda o‘zbek tili va 
tilshunosligini o‘qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat 
qildi. Ayniqsa, uning V. Reshetov bilan hamkorlikda oliy maktablarning 
o‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun chiqarilgan «O‘zbek 
dialektologiyasi» (1962, 1969, 1978) darsligi, shuningdek, o‘rta 
maktablarning IX sinfi uchun hammualliflikda yozilgan «O‘zbek tili» 
(1977, 1978, 1980, 1982) hamda oliy o‘quv yurtlari uchun yaratilgan 
«Hozirgi o‘zbek adabiy tili» (1980) darsliklari alohida ahamiyatga ega. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling