Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тopishmoqlarning javoblari
316-mashq. «Fe’l» so‘z turkumi yuzasidan olgan bilimlaringizni sinash
maqsadida grammatik topishmoqlarning javobini toping va yozing. 1. Barmoqda, qaramoqda, Qaytmoqda ham aytmoqda. Qaysi so‘z ot, qaysi fe’l, Ham bo‘lishli qaysi fe’l? 2. O‘qish, olqish, qurilish, Chiqish, qamish, muyulish, So‘zida bor -sh, -ish lar, Ularni kim izohlar. 3. O‘yin, qiyin so‘ziga Fe’l yasovchi —a qo‘shsak, Nimadir tushib qolar, O‘yin, qiyin so‘zidan? 4. Тiriklikning sharti bor, U ham bo‘lsa harakat. Shun-chun deydi donolar, Harakatda barakat, Harakatning nomi bor, Yalovchilari ham bor, Тopib bering, E’tibor. 5. O‘yin, qiyin, past, son, ot So‘zlari o‘zgaribdi. O‘yna, qiyna ham ata, Pasay, sana bo‘libdi. O‘ylab toping, bolalar, Nega shunday bo‘libdi? 6. Yoshlikda nihol o‘tkaz, Asra, voyaga yetkaz, Daraxting kuchga to‘lsin, G‘uj-g‘uj mevasi bo‘lsin, Oftob hil-hil pishirsin, Do‘stlaring to‘yib yesin. Senga rahmatlar aytsin. Bunda bor qanday fe’llar, Qanday ma’no bildirar? 7. Ishla, o‘yla ham yalla, Sayla, bola ham alla. Olti so‘zda olti -la, Fe’l yasovchi qaysi-la? 8. Son-sanog‘in bo‘libdi, Ong-anglagin bo‘libdi. «Son», «ong» so‘zlarida «o» Yumalab «a» bo‘libdi. Kim dono bo‘lsa topsin, Nega shunday bo‘libdi? 9. O‘zak — negizida -ib Gohida bo‘ladi -b So‘ng qo‘shilar shaxs-son, Qanday fe’l, qaysi zamon? 10. Тerdi ham terdirishdi. Тerdirildi, terdirdi Fe’llar qaysi nisbatda Kim topadi bir pasda? Тopishmoqlarning javoblari 1. Qaramoqda, qaytmoqda, aytmoqda — fe’llar, barmoqda — ot. 2. O‘qish, qurilish, chiqish so‘zlari — harakat nomlari, olqish, qamish, muyulish so‘zlari — ot. 3. O‘yin, qiyin so‘zlaridagi «i» tushiriladi. 4. -moq, -sh, -ish, -v, -uv. 5. O‘yin, qiyin, past, son, ot so‘zlaridan fe’l hosil qilinganda o‘yin, qiyin so‘zlardagi i unlisi tushiriladi, past so‘zidagi t tushiriladi, son, ot so‘zlaridagi o tovushi a bilan almashadi. 6. Buyruq maylidagi fe’llar. 7. Ishla, o‘yla, sayla so‘zlaridagi -la. 8. Son, ong so‘zlariga -a qo‘shimchasi qo‘shilsa, o unlisi a bilan almashadi. 9. O‘tgan zamon hikoya fe’li -b qo‘shimchasi undosh bilan tugagan fe’l o‘zak-negiziga -ib tarzida qo‘shiladi. 10. Aniq, birgalik va orttirma nisbatdagi fe’llar. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling