Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
317-mashq. Hikmatlardagi fe’llarni aniqlang. Ularning vazifasini
uslubiy jihatdan iboralar ham bajara oladimi? O‘rnini almashtirib yozing. HIKMAТLAR GULDASТASI Bir donishmand aytgan ekan: «Imonsiz odam o‘zining yomonligini bilmaydi, agar bilsa, u yaxshi odam bo‘lishga harakat qilardi». Bir oqil va hazilkash odam sayohat vaqtida olis shahardagi do‘stiga ko‘nglidagi nozik fikrlarini aytib, maktub yozayotgan edi. Bir befarosat hamrohidan beruxsat hadeb maktubda nimalar yozilganiga qarayveribdi. Oqil odam maktubiga mana bu so‘zlarni qo‘shib qo‘yibdi: «Agar yonimda bir befarosat, birovlarning xatiga qiziquvchi tentak bo‘lmaganda edi, yana boshqa gaplarni ham yozar edim». Haligi befarosat bu so‘zlarni o‘qib, jahli chiqdi va e’tiroz bildirdi: — Qachon xatingga qarabman? Unisi esa javob beribdi: «Sening haqingda yozganimni qayoqdan bilding?» Bir hurmatli odam kasal bo‘lib, uyida yotgan edi. Besh-oltita xira, g‘ashga teguvchi odamlar bemorni ko‘rishga bordilar. Ular bemor yonida uzoq o‘tirib, har xil maza-bemaza gaplari bilan uni toliqtirib qo‘ydilar. Oxiri, ketayotganlarida bir befarosat odam bemordan: — Bizga vasiyat tariqasida nasihatlaringizni aytsangiz, — deb so‘radi. Hurmatli odam haligi befarosat ziyoratchilarga qarab bunday dedi: — Sizlarga vasiyatim shuki, biror do‘stingiz yoki ustozingiz kasal bo‘lib qolganida, uni maza-bemaza gaplar bilan toliqtirib qo‘ymanglar. Bir necha hazilkash odamlar bir qizg‘anchiq, xasis odamning uyiga mehmonga bormoqchi bo‘libdi, ammo darvoza taqillatganlarida xasis odamning xizmatkori chiqdi. Mehmonlarni ko‘rib, ichkariga kirib ketdi. So‘ng qaytib chiqib aytdi: — Kechirasizlar, xojamiz kecha kechqurun o‘lgan edilar. Erta tongda dafn etib kelgan edik. Hazilkash mehmonlar bunga ishonmadilar va aytdilar: — Xojangiz rahmatli, biz uchun juda aziz, qadrli odam edilar. Ularning janozasida bo‘lish bizga nasib etmadi, endi uylariga kirib, fotiha o‘qib ketmasak bo‘lmas. Boyagi xasis xoja mehmonlarni qabul qilishdan boshqa iloji qolmabdi. (Faxriddin Ali Safiy) 318-mashq. Berilgan fe’llarni boshqa nisbatga aylantiring, gapda qanday o‘zgarish bo‘lganini tushuntiring. 1. «Dunyo» qo‘shig‘ining so‘zlarini farg‘onalik shoir Oxunjon Hakimov iрga terilgan dur misol qog‘ozga tushirgan. «Bir kam dunyo, kimni sevib, kimni xor qilasan?» Darhaqiqat, insoniyat yaratilibdiki, oddiygina, jo‘ngina, soddagina tuyulgan shu jumboq yechimini topolmay ovora. (Gazetadan) 2. Oyqiz keksa bog‘bonni yelkasidan ushlab, mehribonlik bilan joyiga o‘tkazdi. (Sh. Rashidov) 3. O‘rik daraxti ostidagi supada yotgan Murotali, odatdagidek, tong saharda uyg‘ondi. (Sh. Rashidov) 4. Тil — millatning eng muhim belgisidir. (A. Fitrat) 5. Ravshanlik tilning asosiy fazilati hisoblanadi. (Arastu) 6. Yomg‘ir, suv to‘lqini ham, suv ko‘pigi ham asosan suv bo‘lganligi uchun yana suvga qaytadilar. (Sh. Zunnun) 7. Sabr qiling, hurmatli kitobxon, oldin qishloq bilan tanishaylik. (I. Rahim) 8. Yigit o‘zini chetga olishga tirishdi, xalq to‘lqini uni surib ketdi. (Oybek) 9. Men o‘ylaymanki, bugungi kun sizning hayotingizda o‘chmas iz qoldiradi. Vatan oldidagi, o‘tganlar ruhi oldidagi, el-yurt oldidagi burchingizni yana bir bor eslatib o‘tdi. (Gazetadan) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling