Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


-mashq. Fe’l nisbati yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro sinonimik qator  hosil qiladiganlarini yozing. Ularga misollar keltiring.  320-mashq


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

319-mashq. Fe’l nisbati yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro sinonimik qator 
hosil qiladiganlarini yozing. Ularga misollar keltiring. 
320-mashq. Buyruq va shart mayllarining qo‘shimchalari ayrim nutq 
uslublarini har xil ifodalashda ahamiyatlidir. Shuning uchun ham quyidagi 
matnni o‘qib, yuqoridagi qo‘shimchalar gapga qanday uslubiy bo‘yoq 
berayotganligini tushuntiring. 
OFТOB OYIM 
(Onam haqida) 
Ismingizni kim qo‘yibdi, Oftob oyim?! Ismingizday yuzingiz, ko‘zingiz, 
so‘zingiz issiq, nurli haroratli. 
Oftob oyim, Siz bugun momosiz. Oppoq sochlaringiz oq iрakdir, 
ko‘zlardagi mehr, mehnatkash qo‘llardagi saxovat, bekalikdagi mahoratga 
ta’rif yo‘q. Siz bir paytlar kelin bo‘lgansiz. Sumbul sochlaringiz taqimini 
o‘pib yelkalaringizga sig‘magan, o‘smadan payvasta qoshlar parvozi
istarasi issiq bug‘doyrang yuzlar, kulib turuvchi ko‘zlar, ma’no mag‘izli 
so‘zlar Sizniki bo‘lgan. 
Bolalar, gul-u lolalar, ortingizdan suq bilan qarayotgan oq gul, qizil 
gullarni ko‘rib suyungansiz. Bag‘ringiz to‘lib, yolg‘izligingiz ham 
bilinmagan-da, fahm-farosat sizda naqd edi. Andishani toj deb bilgansiz. 
Тurmushda tog‘ bo‘ldingiz, bor-u yo‘qqa ko‘ndingiz. Dilbandlarni oq 
yuvdingiz, halol pand-u qand berdingiz. 
Oftob oyim, Siz muloyim, begoyimsiz. Hamon farishtalisiz, kulsangiz 
dil yorishadi, yursangiz gul ochiladi. Gullaringiz g‘unchaladi, chiroy ochdi. 
Gulga oshnosiz, do‘stga tashnasiz. Mehr izlaysiz, asta so‘zlaysiz. Jonga 
jonsiz, butun imkonsiz. 
Oftob oyim, Siz davlatim, shifo savlatim, she’rim, nafosatimsiz. Keling, 
issiq yuzingizga yuzim bosay, hayot, taft olay, mehnatkash qo‘lingiz o‘pay, 
silab bir suyay, poyingizga sajdalar qilay, umrlar tilay. Bizni kutasiz


ilinasiz, sog‘inasiz — yurak bisotingiz, boyligingizni. Mehrlisiz, mehr 
berasiz, mehrga talpinasiz. Uyg‘oq yashaysiz, g‘amlar kelsa ham, ularga 
qilich solasiz, haromga yo‘liqsangiz hazar qilasiz. Siz borki, darvozalar 
ochiq, gul-u rayhonlar xandon, quyosh ham kular, uylar ham to‘lar. 
Oftob oyim, Siz kechirimli, bardoshli, jonsarak ona. Besh qiz, o‘g‘ilni 
yaratgan ona, ertaklar-u rivoyatlar yaratgan ona. Тong saharlab uyqudan 
turib, oydin baxt-u rizq-ro‘zlar so‘ragan ona. Ismingizni so‘rasalar, 
xosiyatli, insof-diyonatli, qalbingiz go‘zal. Siz muhtaram, chin volidam, 
Makkatilloyimsiz, mening onam — Oftob oyimsiz. 
 (M. G‘anijon qizi)  

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling