Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar 
1. Qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan fe’l yasalishi haqida gapiring.
2. -la qo‘shimchasining sinonimlari va omonimlarini ayting. 
3. Fe’l yasovchi qo‘shimchalarni sanang va ularning har qaysisiga 
misollar keltiring. 
321-mashq. Quyidagi fel yasovchi qo‘shimchalarni yozing: -la, -a, -y, -
illa, -r, -ir, -ar, -ay, -sa, -sira, -imsira, -ik.
Yuqoridagi qo‘shimchalarni ishtirok ettirib gaplar tuzing. Yozgan gap-
laringizda -a, -y, -ir, -ar, -ay, -ik kabi qo‘shimchalardan fe’l yasalmasin. 
322-mashq. Maqollarni o‘qing va yod oling. Nuqtalar o‘rniga fe’l 
yasovchi qo‘shimchalarni qo‘yib ko‘chiring. 
1. Vijdonsiz kishidan o‘pka...ma.
2. Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lsang. 
Yomondan burun o‘lasan.
Yaxshi bilan sirdosh bo‘lsang,


Yaxshilik bilan un...san
3. Oxir zamon bo‘lsa, tog‘a jiyan bilan qozi...ar
4. Yomonga yo‘l ...sang, «yov keldi» qilar.
5. Dushman siringni o‘g‘irlar.
Do‘st xatoingni to‘g‘ri...r
6. Chin do‘st boringni oshirar, 
Yo‘g‘ingni yash..ar ? 
7. Yo‘lda yursang, tuya ish...t,
Elda yursang — miya 
8. Aqlliga aytdim, ang...di — bildi, 
Aqlsizga aytdim, shaq...b kuldi.
9. It ir...shni onasidan o‘rganar. 
10. Katta yesang ham, katta gap...ma.
11. Qarindoshingni yomon ...b,
Qaydan tug‘gan toparsan. 
323-mashq. Yasama fe’llarni topib, kuchirib yozing. So‘ngra tarkiblarga 
ajrating. 
1. Chin do‘st uldirkim, do‘stidan hech qachon ranjimaydi, agar ranjisa 
ham, uzrini qabul qiladi. 
2. Biror mamlakatda jabr-zulm va fisq-fasod kuchayib ketarkan, asl 
podsholar adolat o‘rnatib, fisq-fasodni, zulmni yo‘qotishi lozim.
3. Zulmning nom-nishonini yo‘qotgin. 
4. Qilmoqchi bo‘lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror 
ishni qilmaslikka so‘z berar ekanlar, uning yaqiniga ham yo‘lamasinlar. 
5. Podshoh har kimning so‘zini eshitsin, har kimdan fikr olsin. Qaysi biri 
foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil xazinasida saqlab, vaqtida ishlatsin. 
6. Shoshmaslik kerak yerda shoshilmadim, shoshilarli ishlarni 
kechiktirmadim. Qaysi ishni chorayi tadbir bilan bitirishning iloji bo‘lsa, 
unda qilich ishlatmadim. 
7. Siрohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi. 
8. Hayotning ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib... saboq olib, tajribamni 
oshirdim. Do‘st-u dushman bilan kelishib yashadim.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling