Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

33-dars. KO‘MAKCHI FE’LLAR VA
ULARNING VAZIFALARI. BO‘LISHLI
VA BO‘LISHSIZLIK SHAKLLARINING
USLUBIY XUSUSIYAТLARI 
 
33.1. KO‘MAKCHI FE’LLAR VA ULARNING
VAZIFALARI 
Ishlab chiqdi, ishlab bo‘ldi, ishlay boshladi, ishlab yuribdi, ishlab 
qo‘ydi, ishlab yubordi, ishlab yozdi, ishlab turibdi, ishlab ko‘rdi singari 
so‘zlarga e’tibor bersangiz, ularning hammasi bir umumiy ma’noni — 
«ishlamoq» ma’nosini ifodalaydi. Bu ma’no, asosan, ravishdosh shaklidagi 
birinchi qismdan anglashiladi. Ikkinchi qism esa birinchi qismdan 
anglashilgan leksik ma’noga turli qo‘shimcha ma’nolarni (harakatning 
boshlanishi, davomiyligi, tugallanishi, oson bajarilganligi, tez bajarilganligi, 
harakatni bajarishga uringanligi kabi) ma’nolarni yuklaydi. 
Bunday so‘zlar ham tuzilishiga ko‘ra, fe’l+fe’l tarzida bo‘ladi. 
Birinchi fe’l so‘zning asosiy leksik ma’nosini ifodalaydi. Shuning 
uchun u yetakchi fe’l sanaladi. Ikkinchi qismi esa birinchi qismga 
(yetakchi fe’lga) qo‘shilib, unga turli xil qo‘shimcha ma’nolarni 
yuklaydi, lekin yetakchi fe’lning leksik ma’nosini o‘zgartirib 
yubormaydi.
Undan yangi fe’l hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday 
fe’llarga ko‘makchi fe’llar deyiladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, faqat ko‘makchi fe’l vazifasini bajaruvchi 
alohida fe’llar mavjud emas. Bir qator mustaqil fe’llar yetakchi fe’l 
qo‘shilganda ko‘makchi fe’l vazifasida keladi. 
Ularga quyidagilar kiradi: boshla, yot, tur, bor, o‘tir bo‘l, bitir, bit, ol, 
ber, qol, qo‘y, chiq, bor, kel, ket, yubor, tashla, sol, tush, yot, qara, boq va 
boshqalar. 
Yuqoridagi fe’llar faqat yetakchi fe’lga qo‘shilgandagina ko‘makchi fe’l 
vazifasida keladi. Yetakchi fe’l esa ravishdoshning -(i)b va -a, -y shakllarida 
bo‘ladi. 
Masalan,

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling