Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
327-mashq. Matn ichidan bo‘lishsiz fe’llarni toping, ularni daftaringizga
ko‘chirib yozing va hosil bo‘lish yo‘llarini tushuntiring. HASAD KEMIRMASIN YURAGINGIZNI... Ha, hasad — yomon kasallik. Axir, hasadgo‘y uchun dilidagini aytmoqlik oson emas. Vaholanki, qora ranglarga bo‘yamoq, loy, balchiq suvamoq rohat unga. Birovga yaxshilik qo‘l yoki pul bilan, yo til bilan qilinadi. Oramizda kasbdoshingiz yutug‘i, obro‘si, mol va dunyosini ko‘rolmay, duch kelganga yomonlaguvchilar bor. Ular oldingizda yasama kulib, ta’zim ila bir xil so‘zlaydi, ammo orqangizdan go‘ringizga g‘isht qalaydi. Qandoq qilib poyingizni qirqishni o‘ylaydi, shuning uchun tunlari uxlamaydi. O‘ngida ham, tushida ham qilar ishi qolib, yaxshilar yo‘liga g‘ov izlaydi, tirnoq ostidan kir qidiradi hamda topgan-tutganini doston qilib so‘zlaydi. So‘zlaganda iztirobda ko‘zlari kirtayib, lablari uchadi va tanasi qaltiraydi. Betoblanadi, zir yuguradi, davo izlaydi, dori-darmon topadi-yu, ammo dardiga malham topa olmaydi. Aslida hasad yurakni kemiradi. Ey hasadgo‘ylar, yaxshisi, kengroq bo‘ling. Besh kunlik dunyoning g‘animatligini o‘ylang. Qo‘lingiz bilan mol-davlat yoki pul bermang. Тoza yurak, shirin til bilan yaxshilik qiling. 328-mashq. Gaplardan bo‘lishsizlik ma’nosini ifoda etuvchi fe’llarni toping va ana shu qo‘shimchalarning tagiga chizing. 1. Mag‘rur, mutakabbir, yolg‘onchi bo‘lmaylik va shunga o‘xshash yaramas illatlardan pok bo‘laylik. 2. Men u odamga bergan bahoyimda yanglishmadim, to‘g‘ri so‘zladim. 3. Sizlar boyligingiz, kuch-quvvatingizga mag‘rur bo‘lib, aysh-ishrat bilan mashg‘ulsiz. El-yurt ahvolidan xabar olmaysiz, faqat o‘z manfaatingizni o‘ylaysiz, el-yurt manfaatini ko‘zlamaysiz. (Sh. Zunnun) 4. Dushman chaqirsa, borma, do‘st chaqirsa, qolma. 5. Yomonga o‘lim yo‘q, yaxshiga — yurim. 6. Yomonga yondashgan yiqilmay qolmas, oxiri chuqurga tiqilmay qolmas. 7. Yomonni ishga emas, oshga chaqir. 8. Aytmagan so‘zni ayttirib bo‘lmas, aytilgan so‘zni qaytarib bo‘lmas. 9. Odam o‘zidan ketmasligi kerak. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling