Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
329-mashq. Berilgan gaplarni o‘qing. Bo‘lishsizlik ma’nosini hosil
qiluvchi qo‘shimcha va so‘zlarni toping. 1. Ko‘z milklari yallig‘lanishi va ko‘z olmasining qizarishi vitaminlar yetishmasligi natijasida paydo bo‘lishi mumkin. 2. Kimyoviy tolalardan to‘qilgan matolar dazmollanayotganda dazmol qattiq qizdirilmasligi kerak. Paxta va zig‘ir tolasidan tayyorlangan matolar namlab yoki suv purkab, yaxshi quritmay dazmollanadi. 3. Qish uzoq davom etganligi uchun bahorning birinchi chechaklari ham ko‘z ochishga chog‘lanmayroq turibdi. 4. Bahor borliqqa o‘z sepini yoyib ulgurgani yo‘q. 5. Bir umr ezgulikni izlab, boshqalarga ma’rifat-u ma’naviyat ulashayotgan insonlarning hayot yo‘llarida ibratli ekanligini ko‘pincha sezavermaysiz. 6. Bitta o‘g‘limni qoldirishga ko‘zim qiymayapti-yu, ikkalangni qandoq tashlab ikkalamiz tushamiz. 7. Oyni etak bilan yopib bo‘lmas. 8. Bir badavlat donishmanddan so‘radilar: Тurmushingiz farovon bo‘lsa ham, nima uchun sizni xursand bo‘lib yurganingizni ko‘rgan emasmiz. U shunday javob beribdi: «Chunki och-yalang‘och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman». (Gazetadan) 9. Bo‘lmasa ishq ikki jahon bo‘lmasin, ikki jahon demaki jon bo‘lmasin. (Navoiy) 10. Zo‘rni ko‘rib tan berishni o‘rganing. Chirkin fikrlarni, fisq va fasodlarni, ig‘vo-g‘iybatlarni, eng yomon hasad xaltalarini tilsiz shamollarga topshiring, yellar hech kimga aytmay uzoq-uzoqlarga olib ketsinlar. (M. G‘anijon qizi) 330-mashq. Gaplar ichidan bo‘lishsiz fe’llarni aniqlang. Ularni tarkibiga ko‘ra tahlil qiling. 1. Biz ona yurt, aziz Vatan debon sog‘inch va orziqishlarda yashaymiz. Shu bois, mo‘tabar tuprog‘imizning har zarrasini, har giyohini nega endi diydamizga surtmaymiz? 2. Bu shunchaki bir hikoyat va yo rivoyat, yoxud tiriklik ko‘yida aytilgan qo‘shiq emas. 3. Men sizga bekorga o‘zbekcha qochirim qilganim yo‘q. 4. Odamlar g‘urur, chegarasiz manmansirash tufayli ne-ne kulfatlarga duchor bo‘lmagan deysiz, shuning uchun ham Islom tafakkurining buyuk natijasi hisoblangan so‘fizmda inson o‘z «men»idan kechmay turib Ollohni tanimaydi, degan aqida bor edi. 5. Inson sirliligicha qolaveradi, ammo odamzod bir-birini anglab yetmaguncha, olam tinch, dunyo farovon bo‘lmaydi. (S. Mo‘min) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling