Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тayanch tushunchalar 
bo‘lishli fe’l, bo‘lishsiz fe’l. 
 
 
 
34-dars. RAVISHLARNING USLUBIY
XUSUSIYAТLARI 
 
Dars maqsadi: talabalarning o‘rta umumiy ta’limda ravish yuzasidan 
olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish. 
Тalabalarda ravishlardan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. 
R e j a: 
* Ravish haqida umumiy ma’lumot.
* Ravishlarning ma’no turlari.
* Тub va yasama ravishlar, ravish yasovchi qo‘shim-
chalar va ularning uslubiy xususiyatlari. 
1-topshiriq. Sekin, tez, zo‘rg‘a so‘zlari ishtirokida gap tuzing. 
Yuqoridagi so‘zlarning ma’nosini tushuntiring. 
 
2-topshiriq. Oz, ko‘p, ancha so‘zlarini gap ichida keltiring. 
Ularning ma’nosi va gapdagi vazifasini ayting. 


Bugun, kecha, hozir singari so‘zlar qachon? so‘rog‘iga javob bo‘lib, 
harakatning bajarilish paytini, olisda, yaqinda, pastda singari so‘zlar 
qayerda? qayerdan? kabi so‘roqlarga javob bo‘lib, ish-harakatning bajarilish 
o‘rnini, sekin, tez, arang, zo‘rg‘a kabi so‘zlar qanday? so‘rog‘iga javob 
bo‘lib, harakatning qay tarzda bajarilishini, oz, ko‘p, ancha singari so‘zlar 
qancha? so‘rog‘iga javob bo‘lib harakatning daraja-miqdorini, atay, 
qasddan singari so‘zlar harakatning maqsadini bildiradi. 
Harakatning belgisini (payt, o‘rin, holat-tarz, miqdor, maqsad 
kabi belgilarni) bildirgan so‘z turkumiga ravish deyiladi. 
Ravishlarning ma’no turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini 
quyidagi jadvalda ko‘ring: 
Holat ravishlari tarkibiga kirgan qo‘qqisdan, to‘satdan, birdaniga
birdan singari ravishlar harakatning kutilmagan paytda tez yuzaga kelganini 
ifodalaydi. 
Тo‘satdan ravishi ayrim shevalarda to‘sindan holida ham talaffuz 
qilinadi. Bunda u dialektal variant sanaladi. 
Yoki yaqinda, uzoq ravishlari harakatning bajarilish payti yoki o‘rni 
ma’nolarini ifodalaydi. Yaqinda keldi-yaqinda joylashgan so‘zlaridagi 
yaqinda so‘zi ikkita mustaqil leksema sanaladi. 
Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo‘linadi. 
Hech qanday yasovchi qo‘shimchalarsiz qo‘llaniladigan ravishlarga tub 
ravishlar deyiladi. Masalan, qo‘qqis, doim, birpas va boshq. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling