Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
48-mashq. O‘qing. Alisher Navoiy gulni qanday ifodalaganiga e’tibor bering. Gul va giyohlarning leksik ma’nosini izohlang. GUL VA NAVOIY NAVOSI Alisher Navoiy o‘z asarlarida gul, uning vazifasini o‘taydigan giyoh va o‘simliklar, gulga aloqador ashyolar, shuningdek, mavjudotlarning juda ko‘pidan va xilma-xillaridan keng foydalanadi. Shu bilan bir vaqtda ulug‘ shoir o‘z maqsadlarini ifodalashda gul va gulistonlardan ayrim g‘azallarining ba’zi baytlaridagina foydalanib qo‘ya qolmay, balki o‘nlab g‘azallarini butun-butunligicha ana shunday ifodalashga bag‘ishlaydi. Ularda o‘nlab xildagi gullar: nasrin, nastarin, nargis, nilufar, savsan, rayhon, xino, zanboq guli, lola, sadbarg, ra’no, hazorg‘uncha, zag‘far, sumanpar; yoqimli hidi va go‘zal ko‘rinishi bilan gulni eslatuvchi giyohlar: sunbul, ishqi pechan; manzarali daraxtlar: sarv, ar-ar, arg‘uvon, shamshod kabilar haqida ma’lumot beradi. Ya’ni: guloroy — gul bilan bezangan, gulrez — gul to‘kuvchi, gulpo‘sh — gul yopingan, qiр-qizil gulday kiyingan, gulbang — yoqimli ovoz, bulbul ovozi, guldastaband — majozan quyosh nurlari kabi iboralar Navoiy asarlarining mazmunini ochib berishda mislsiz zo‘r xizmat qiladi. Shuningdek, yuqorida aytib o‘tilgan iboralarning aksariyatini ulug‘ Navoiy sinonimiya vositasida turli variantlarda ishlatgan: gul, chechak, vard, shugufa kabi. Shu bilan birga, gulga oid ko‘pchilik iboralardan omonimiya yordamida turli ma’nolar hosil qilgan: gul (chechak), gul (bezak), gul (yashnamoq), gul (mahbuba), gul (go‘dak), gul (umuman inson), gul (qizamiq) singari. Buyuk shoirning asarlarida gul tushunchasidan foydalanish ko‘lami katta va keng... (O. Valixonov) 49-mashq. O‘qing, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning leksik ma’nosini ayting, qo‘shimcha ma’nolarini ham tushuntirib bering. Yettita gunohdan saqlaning doim, Sizni kechirmagay keyin xudoyim Solib boshingizga fitna-falokat, Oxiri keltirar sizga halokat. Bo‘lsangiz agarda siz yuragi chirk, Olloh taologa keltirsangiz shirk, Sehrli ish bilan bo‘lsangiz mashg‘ul, Bilingki, Ollohga kelmagay ma’qul. Ham nohaq birovning qadriga yetmoq, Bilingki, do‘zaxning tubiga ketmoq, Qilmasdan birovg‘a zug‘um-u zo‘rlik, Yomondir qilsangiz lekin sudxo‘rlik. Hamda yetimlarning molini yemoq, Lozim bu ishlardan «alhazar» demoq. Jang chog‘i dushmandan bo‘lsangiz «quyon», Buning oqibati biling ko‘p yomon. Xoin deb nomingiz chiqib el aro, Sharmanda bo‘lasiz har ikki dunyo. Eri bor, mo‘mina, iffatli ayol Haqida qilmasangiz hech yomon xayol, Kim so‘kib, tuhmat-la desa uni g‘ar, Bilsinki, do‘zaxga tushar muqarrar. Bu yetti gunohdan saqlan, ey muslim, Yo‘ldan ozdirmasin seni so‘ng hech kim. Garchi bu olamda ko‘p erur shayton, Goh odam shaklida bo‘lar namoyon. Dilingizda bo‘lsa Xudoyi karim? Shayton qochar sizdan yetti chaqirim! Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling