Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Asos qismga yasovchi vositalar qo‘shib hosil qilingan
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
Asos qismga yasovchi vositalar qo‘shib hosil qilingan
ravishlarga yasama ravishlar deyiladi. Masalan, xotinchasiga, bolalarcha, mardona kabi. Yasama ravishlar yasashga asos qismga yasovchi qo‘shimcha qo‘shish yordamida yoki so‘zlarni bir-biriga qo‘shish orqali hosil qilinadi. Yasashga asos qism ot, sifat, olmosh, sifatdosh va ba’zan ravish bo‘lishi mumkin. Quyidagi qo‘shimchalar ravish yasash uchun xizmat qiladi: -cha: yangicha, eskicha, hozircha, uningcha, shuncha, o‘zbekcha kabi -larcha: mardlarcha, do‘stlarcha, qardoshlarcha -lab: harflab, haftalab, tonnalab -ona: itoatkorona, mardona, mag‘rurona -lay (-layin): tiriklay, tiriklayin, butunlay -n (-in, -un): ertan-kechin, qishin-yozin, ochin-to‘qin, ostin-ustun Ravish yasovchi -larcha qo‘shimchasidagi -cha qismi kabi, singari ko‘makchilari bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun ular ko‘pincha almashtirib qo‘llaniladi. Masalan, mardlarcha — mardlar kabi, yovuzlarcha — yovuzlar singari. Shuningdek, ravish yasovchi -cha qo‘shimchasi otlardagi kichraytirish- erkalash qo‘shimchasi bo‘lgan -cha bilan omonimik munosabatda bo‘ladi. Masalan, yosh yigitcha — yigitcha ishladi. Bu o‘rinda -cha qo‘shimchasining omonimligi asosida leksema omonimligi vujudga kelgan: yigitcha: 1. Kichkina yigit. 2. Yigit kabi. -cha ning bu ikki vazifasi urg‘u bilan ham farqlanadi. Kichraytirish- erkalash ma’nosini bildiruvchi -cha qo‘shimchasi urg‘u oladi. Yigitcha, qizcha, kuchukcha kabi. Ravish yasovchi -cha qo‘shimchasi esa urg‘u olmaydi. Urg‘u so‘zning bu qo‘shimchadan oldingi bo‘g‘iniga tushadi: yigitcha, xotincha, erkakcha kabi. -cha qo‘shimchasini tushirib qoldirib, bu qo‘shimchani olgan so‘z oldidan kichkina so‘zini qo‘yish mumkin bo‘lsa, -cha qo‘shimchasi otning kichraytirish-erkalash shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha sanaladi. Masalan, quticha — kichkina quti, uycha — kichkina uy kabi. -cha o‘rniga -dek, kabi, singari ko‘makchilarini qo‘shish mumkin bo‘lsa, u ravish yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi. Masalan, yigitcha — yigit kabi (singari). So‘zlarni takrorlash va juftlash yo‘li bilan ham ravish yasash mumkin. M a s a l a n, nari-beri, hali-beri, naridan beri, erta-indin, tez-tez, juda- juda, qadam-baqadam singari ravishlarga e’tibor bersangiz, ularda bir so‘zning takrorlanishini yoki o‘zaro ma’nodosh va zid ma’noli ikki so‘zning juft keltirilganligining guvohi bo‘lasiz. Masalan, tez-tez (bir so‘zning takrori), eson-omon (ma’nodosh so‘zlarning juftlashishi), avval-oxir, erta- kech (zid ma’noli so‘zlar juftlashishi). Bunday ravish qismlari o‘rtasiga yozuvda doimo chiziqcha qo‘yib yoziladi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling