Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
337-mashq. Muhammad alayhissalomning hadisi muboraklariga
yozilgan she’riy iqtibosidan keltirilgan namunalarni o‘qing, uni nasriy bayon qiling, ravishlarning ishlatilishiga, ma’nosiga e’tibor bering. 1. Qalbiga rahmli, qudratli Olloh Rahm-u shafqat nurin solmagan inson Elga ziyonkordir har yerda, har chog‘ Hasrat, nadomatda qolguvchi har on. 2. Kimniki odamlar ishorat qilib Qo‘li bilan ko‘rsatsa doim. Yomon odamligi shundan ayondir Bundayin «shuhrat»dan asra, Xudoyim. 3. Mazlum qarg‘ishidan qo‘rqing hamisha U xoh kofir bo‘lsin va xoh musulmon. Olamdagi barcha parda-yu devor Mazlum duosiga bo‘lolmas to‘g‘on. 4. Zamon so‘ngidagi mulkning yomoni Qul ushlamoq erur, bilib qo‘y, mo‘min. Erkidan ayirmoq odam farzandin Ollohga xush kelmas, yaxshi o‘ylagin 5. Zamonlar kelarki, umr tez o‘tib Ko‘paygay ishsizlar — nochor, darbadar. Xasislik avj olur saxovat ketib, Qotilliklar ortar elda muqarrar. 6. Bir miskin so‘rasa agar sadaqa, Olloh nomin qo‘yib o‘rtaga nogoh. Noumid qaytargan har qaysi inson — Odamlar yomoni, begumon gumroh. 7. Mo‘minga kim qasddan ziyon keltirsa, Unga firib bersa kunlardan bir kun, Yomonlar yomoni o‘shadir, bilgin O‘sha nobakordir, mal’undir, mal’un! 8. Kimki berahmdir — rahm qilinmas, Kechirmaganlarni kechirmas Olloh. Jazodan qutilib qololmas aslo Yo‘lidan qaytmasa qilganlar gunoh. 9. Neki mast aylasa va yoki sarxush, Neki bo‘shashtirsa yo qilsa behush Uzoq bo‘l ulardan, ixtiyor etma, Og‘zingga olmagan senda bo‘lsa xush. 10. Yarim kecha mahal safardan qaytib Xonadon eshigin qoqmagin qattiq: Qo‘shnilar ko‘nglini bezovta qilib Oilangga qo‘rquv solishing aniq. 338-mashq. «Xush kalom kamoldir» mavzusida matn tuzing. Unda juft va qo‘shma ravishlarni ham ishlating. 339-mashq. Ravish so‘z turkumiga oid grammatik topishmoqlarning javobini toping. 1. Ish-harakat, holatning. Paytin ko‘rsatgan so‘zlar Gapda qaysi bo‘lakning Vazifasida kelar? 2. Ish-harakat, holatning Ko‘p-ozligini bildirar Qancha xizmat qilsa ham, Fe’l so‘zlariga ergashar. 3. Ravish bilan ravishdosh Bir-biri bilan kasbdosh Ikkalasi fe’l bilan Inoq, chin do‘st ham sirdosh. Nega ikkisi kasbdosh? 4. Ma’nosida daraja-miqdor Qay darajada? so‘rog‘i ham bor. «Ko‘p tinglang-u oz gapiring» Degan xalqning maqoli bor. 5. Botirlarcha, kitobcha. Uycha, qahramonlarcha. Тo‘rt so‘zda bor to‘rttacha Farqi bormi sizningcha. 6. Тasodifan, majburan, Anjuman ham umuman. Тo‘rtta so‘zmiz inoqmiz, Farqi bormi sizningcha? 7. Qizilroq, kechroq, biroq, Ertaroq, ko‘kroq, quroq. Har so‘z oxirida — roq Ravishni toping tezroq. 8. Тezpishar ham tez pishar, Тinchoqar ham tinch oqar. Shakli bir xildir so‘zlar, Farqini kimlar topar? 9. Yaxshi yuvgin, yaxshi yegin. Yaxshi degin, yaxshi bola. «Yaxshi» so‘zin farqin degin? 10. Asta-sekin yuradi, Ham yonma-yon turadi? Qaysi oldin yuradi? Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling