Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тayanch tushunchalar 
ravish, holat ravishlari, payt ravishlari, o‘rin ravishlari, daraja-miqdor 
ravishlari, sabab va maqsad ravishlari, sodda tub ravishlar, sodda yasama 
ravishlar, qo‘shma ravishlar, juft ravishlar. 
 
 
 
 
35-dars. YORDAMCHI SO‘ZLAR.
KO‘MAKCHILAR VA ULARNING
USLUBIY XUSUSIYAТLARI 
Dars maqsadi: yordamchi so‘zlarning o‘ziga xos xususiyati, ularning 
tasnifi, ko‘makchilar yuzasidan olgan bilimlarini chuqurlashtirish.
R e j a: 
* Yordamchi so‘zlar haqida.
* Yordamchi so‘zlar tasnifi.
* Ko‘makchilar va ularning vazifasi.
* Ko‘makchilar va kelishiklarning o‘zaro alma-
shinib qo‘llanilishi va ularning uslubiy xususiyatlari. 
Тopshiriq. Quyida berilgan gap tarkibidagi yordamchi so‘zni 
toping. Uning gapdagi vazifasini tushuntiring. Sen tufayli uyimiz 
nurga to‘ldi. 


 
Leksik ma’nosini yo‘qotib, grammatik ma’no ifodalashga 
o‘tgan, ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydigan so‘zlar borki, 
bunday so‘zlar yordamchi so‘zlar deb yuritiladi. Yordamchi 
so‘zlar mustaqil so‘zlar bilan qo‘shimchalar oralig‘ida turgan 
grammatik vositalardir. Masalan, Hammasini tinglardim, ammo 
o‘xshashini topmasdim aslo. (H. Olimjon) 
Yordamchi so‘zlarga ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalar 
mansubdir. 
KO‘MAKCHILAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYAТLARI 
Vatan uchun to‘kkali yo‘qmi bir qoshiq qoning? (H. Olimjon) 
Yuqoridagi gapda Vatan so‘zini to‘kkali fe’liga grammatik va mazmuniy 
tomondan bog‘lash maqsadida uchun yordamchisi ishlatilmoqda. 
So‘zlarning o‘zaro grammatnk va mazmuniy munosa-batini 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling