Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
Savol va topshiriqlar
1. Qanday so‘zlarga yordamchi so‘zlar deyiladi? 2. Ko‘makchilar deb nimaga aytiladi va ular gapda qanday vazifa bajaradi? 3. Ko‘makchilar qanday turlarga bo‘linadi? 4. Ko‘makchilar bilan kelishiklar o‘rtasidagi umumiylik va o‘ziga xos tomonlarni tushuntiring. 341-mashq. O‘qing. Ko‘makchilarni topib, o‘zidan oldin kelgan so‘zlar bilan birga ko‘chiring va gapda qanday sintaktik munosabatlarni ifodalashini ayting. 1. Yaxshi kitob muallifning odamzod uchun atalgan tortig‘idir. 2. Ilm va dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. (A. Тemur) 3. «Ey farzand, ilm olmoqning fazilatlari ko‘pdirkim, ilm orqali hayoting farog‘atda, yurish-turishing hurmatda bo‘lur». (A. Samarqandiy) 4. Sabrli bo‘lish kabi fazilatlarni o‘zingizda mujassam eting. 5. Imonli kishi aql-zakovat sohibi bo‘lish bilan birga insoniy, ijtimoiy muammolarni hal etishda faol shitirok etadi. 6. Insof va insofli bo‘lish singari tushunchalar ayrim diyonatsiz odamlar uchun qadr-qimmatsiz bo‘lib qolgandek bo‘lib ko‘rinadi. 7. Vaqt o‘tgan sari odam yaxshilik, ezgulik kabi umr ishlariga tashna bo‘lib yashaydi. 8. Xudbin odam adolat yuzasidan emas, shaxsiy manfaat-lari, injiqligi va xudbinligidan kelib chiqib harakat qiladi. (O‘. Mahkamov) 342-mashq. Berigan to‘rtliklarni o‘qing. Ma’nosini izohlang. Ko‘makchilarni topib, ularning grammatik xususiyatlarini tushuntiring. Har neki go‘yo yo‘q shamol kabi ko‘rinmas zinhor, Har neki go‘yo bor omonatdir, yemirilar abgor. Ko‘rgan, har nimaki olamda bor, oxiri yo‘qdir. Bilgin, har nimaki olamda yo‘q, aslida bor, bor... Insof adolat-la qiladi amal, Barchaga salomin etmaydi kanda. Sadaqa ulashar o‘zi kambag‘al, O‘shadir imoni mukammal banda. Тiriksan, yaxshilik yo‘llarini tut, Yaxshilik umringni bezaguvchi qut. Mard bo‘lsang, ozoring uchun uzr ayt, O‘zgalar ozorin batamom unut. Yo yomg‘ir bo‘lamiz, bo‘lamiz shabnam, Maysalar kiрrigin aylajakmiz nam. Nogoh xazon misol to‘kilganda ham, Sendan bir dam ayro tushmaymiz, Vatan! (Т. Xolmatov) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling