Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

347-mashq. Matn ichidan ko‘makchilarni topib, qaysi so‘z turkumidan 
keyin kelganini va turini ayting. Odatdagi shakldan boshqacha qo‘llangan 
ko‘makchilarning tagiga chizib, yozilishini tushuntiring, ular nutqning qaysi 
uslubiga xosligini ayting.
Oqil, donolardan Hojimurod Odiliy aytadi:
— Bir olim, fozil odam yomon fe’l-atvorga ega bo‘lgan qo‘pol tabiatli 
odam birla bir qancha vaqt suhbatdosh bo‘lib umr o‘tkazdi. Uning qo‘pol 
muomalasiga barcha kabi chidab keldi. Bir kuni haligi qo‘pol tabiatli odam 
safar tomon chiqib ketdi. Olim odam kun bo‘yi toqatsizlanib yig‘ladi. 
Odamlar taajjublanib:
— U badfe’l odamdan qutulganingizga sevinmasdan yig‘laganingiz 
qiziq. Axir sassiqso‘z, shu qadar qo‘pol muomalali sherigingizdan 
qutulganingiz ko‘nglingizga shodlik, joningizga huzur-halovat emasmi? — 
deb olimdan so‘radilar.
Olim, fozil odam u haqda shunday javob berdi: 
— U badfe’l sherigimdan ajralganim uchun emas, balki u bechoraga 
achinganimdan, unga rahmim kelganidan yig‘layman, chunki shuncha 
suhbatlarimdan foydalanmay, yomon fe’l-atvorini o‘zi birla birga olib ketdi, 
mana shu sababdan achinib ko‘zyosh to‘kaman.
BAYТ: 
Yomon birla suhbatdosh bo‘lishdan qaytsin har kishi,
Hech tirilmaydi o‘tganlar, har qancha to‘ksang ko‘zyoshi. 
348-mashq. O‘qing. Ko‘makchilarni toping. Qaysi kelishikdagi mustaqil 
so‘zlar bilan birga kelganligini ayting, ma’no xususiyatlarini tushuntiring. 
VAТAN QAYG‘USI 
Yotsam tushimda, uyg‘onsam yonimda, ko‘z yumsam, miyam-da, ko‘z 
ochsam qarshimda mungli bir xayol kelib turardur! 
Ey mungli xotun, sen kimsan! Ey g‘amli ona, nechuk mungdan 
ayrilmaysan? Yonimda, ko‘zimda, miyamda, yuragimda nima axtarasan
nechuk ketmaysan? Qayg‘u tutunlari ichra yog‘dusiz qolgan ko‘zlaring yosh 


yomg‘irlari nechun to‘kadur? Zulm zanjirlari bilan bog‘langan qo‘llaring 
nechun har yonga uzatiladur, nima tilaysan? Oh... Bildim... Angladim! Sen 
mening Vatanimsan, Vatanning mungli xayolisan. Yurtim, Тuronim, sendan 
ayrilmoq —mening o‘limim. Sening uchun o‘lmoq mening tirikligimdur. 
Yo‘q, sen kimsasiz emassan. Mana men. Borlig‘im bilan senga ko‘mak 
qilurga hozirman. Mana men, chin ko‘ngil bilan sening yo‘lingda o‘lurga 
rozi. Qof tog‘lari yo‘limda tushsa, tamug‘ olovlari qarshimda chiqsa, yana 
sen sari ketarman. 
Men sening uchun tug‘ildim, sening uchun yasharman, sen uchun 
o‘larman.  
(A. Fitrat) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling