Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
349-mashq. Uyga topshiriq. «Donolar bisotidan» nomli bog‘lanishsiz
matnni o‘qing, ko‘makchilarni toping, uni bog‘lanishli matnga aylantirib hikoya qiling. Sarlavha qo‘yish ham yodingizdan chiqmasin. DONOLAR BISOТIDAN — Yoshlarga va keksalarga qaysi fazilatlar lozimdir? .. — Yoshlarga sharm-hayo, ishda jasorat, keksalarga muloyimlik. — Kimdan hazar qilish lozim? — Maqtanchoqdan, chaqimchidan hamda xasis boydan. — Kimni badbaxt deyish kerak? — Тakabbur odamni. — Eng oqil kishi kim? — Ko‘p bilib, oz so‘zlaydigan odam. — Fosiqning qanday belgilari bor? — Fosiqlar ko‘rishganda laganbardorlik, orqavarotdan esa g‘iybat qiladilar, boshingizga musibat tushganda xursand bo‘ladilar. — Nimalar g‘am-koyishni yo‘qotadi? — Do‘stlar bilan ko‘rishish va zamon fozillari, oqillari bilan suhbat qilish. — Ilmning ofati nimada? — Istamagan kishiga ilmdan gapirish, so‘zga tushunmaydigan kishilarga o‘rinsiz ilm o‘rgatish ilmning ofatidir. — Befoyda narsa nima? — Amalga oshmaydigan ishlardan umid qilish befoydadir. — O‘zini ham, o‘zgalarni ham qiynaydigan odamlar kimlar? — Unday odamlarning besh toifasi bor: boshqalarga aql o‘rgatuvchi nodon, behuda narsalarni orzu qilib yuruvchi xayolparast, hech kim bilan maslahat qilmaydigan hukmdor, qo‘lidan kelmaydigan ishlarga urinuvchi maqtanchoq, shoh xizmatidagi xiyonatkor. 350-mashq. Uyga topshiriq. Quyidagi ko‘makchilarni qatnashtirib, «Samarqand sayqali» nomli matn tuzing. Bilan, uchun, sari, sayin, kabi, singari, orqali, yanglig‘, osha, uylab, ichra, chamasi, haqida, tomon, ko‘r. 351-mashq. Matnni o‘qing, ko‘makchilarni topib ular bog‘langan so‘zlar bilan birgalikda ko‘chirib yozing. ASSALOM, KELAJAK! Ey sen, shoshib, hovliqib, dam-badam qo‘lidagi soatiga qarab borayotgan inson! Bilarmisanki, qo‘lingga bog‘lab olganing soat emas, sendagi sanoqsiz zanjirlarning biridir. Bu zanjir ila sening insoniyatga tutashliging bor. Тomchi bo‘lib daryo bilan oqayotirsan, zarra bo‘lib koinot bilan charx urayotirsan. Bu zanjir ila zamonga daxldorsan va sen ham ahli olam qatori uchinchi mingyillikda yashamoqdasan. Bashariyat tarixi koinot umrining o‘n besh daqiqasi emish. Bu zamon ichida u ne qadar kamol topdi? Mamont to‘shini talashib bir-birini majaqlagan ajdod bilan din-u irq talashib, mazhab talashib yashayotgan avlod o‘rtasida tafovut qancha? Bu xayollar va bu savollar, yangi mingyillikda meni qiynab turgan hislar, yozilmagan she’rlarimdir. Cheksiz, abadiy makon-u zamon ichra mavjudlik ulug‘ baxtim va olam-u o‘zni anglamaslik ulug‘ dardimdir. Men zarraman. Zarraning koinot bilan bir butunligi va tanholigi bor. Sayyoralar kabi o‘z osmoni, o‘z hayoti, o‘z mehvari, o‘z darvozasi bor. Zamonim — asrim, makonim — vatanim. Shu makonning erki mening erkim, zanjirlari mening zanjirlarimdir. Ey, mening buyuk va ozurda yurtim, qudratli va jafokash Vatanim! Sen o‘z zanjirlaring ichida eng uqubatlisi, eng og‘riqlisi bo‘lgan tobelik va mutelik zanjiridan xalos bo‘lding. Ozodlik kuning asr desa asr, ming yillik desa mingyillik ichida eng buyuk kundir. U sening yangi tarixing, mening yangi umrim boshlangan kun. Ey, mening suyukli O‘zbekistonim! Zamonlar kelarki, botiniy zanjirlaring ham yechilar. Kelajak haqiqiy hur dunyo ichida sen ham chinakam ozod mamlakat bo‘larsan. Zamonlar kelarki, insoniyat mojarolarni, qon to‘kishlarni unutar, olamda mehr-u saxovat, poklik va ezgulik g‘olib bo‘lar. Bizning bu g‘urbat to‘la asrda matonat bilan yashagan avlodning uyg‘oq ruhi ul zamon aytar: «O‘lmagan qul shunday kunga ham yetib keldi-ya!» Shu umidbaxsh tuyg‘u tufayli bugun: «Assalom, kelajak!» deya hayqirgim keladi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling