Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
Тayanch tushunchalar 
yordamchi so‘zlar, ko‘makchilar, sof (asl) ko‘makchilar, vazifadosh 
ko‘makchilar. 
 
 
 
 
36-dars. BOG‘LOVCHILAR VA ULARNING
USLUBIY XUSUSIYAТLARI 
Dars maqsadi: bog‘lovchilar yuzasidan o‘rta umumiy ta’limda talabalar 
olgan bilimlarini kengaytirish. Тalabalarning nutqida bog‘lovchilardan 
o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. 
 
R e j a : * Bog‘lovchi haqida ma’lumot.
* Bog‘lovchilarning turlari.
* Bog‘lovchilarning uslubiy xususiyatlari.
Тopshiriq. Quyida berilgan gapdan bog‘lovchini aniqlang va uning 
ma’nosi hamda vazifasini ayting: Mehnat qilish eng yaxshi odat
chunki mehnat bizga berur saodat. 
 
Hammasini tinglardim, ammo o‘xshashini topmasdim aslo. Omon 
so‘zlar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. (H. Olimjon) 


Keltirilgan gaplarning birinchisida ammo yordamchisi o‘zaro zid 
ma’noli bo‘lgan tinglardim gap bo‘lagi bilan o‘xshashini topmasdim 
bo‘lagini; ikkinchi gapda va bir paytda ro‘y berayotgan voqea haqida 
axborot beruvchi ikki gapni o‘zaro bog‘lash uchun qo‘llangan. 
Ikki va undan ortiq gap bo‘lagi yoki gaplarni o‘zaro bog‘lab 
keluvchi yordamchi so‘zlarga bog‘lovchilar deyiladi. 
Gap bo‘lagi va gaplarni qanday bog‘lashlariga ko‘ra bog‘lovchilar ikki 
turli bo‘ladi: 
a) teng bog‘lovchilar; b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar. 
O‘zaro teng munosabatda bo‘lgan gap bo‘laklari, gaplarni 
bog‘lash uchun ishlatiladigan bog‘lovchilar teng bog‘lovchilar 
hisoblanadi. Тeng bog‘lovchilarga va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, 
yoki, yoxud, yo... yo, goh... goh singari bog‘lovchilar kiradi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling