Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


O‘zaro tobe munosabatda bo‘lgan gap bo‘lagi va gaplarni bog‘lash


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

O‘zaro tobe munosabatda bo‘lgan gap bo‘lagi va gaplarni bog‘lash 
uchun ishlatiladigan bog‘lovchilarga ergashtiruvchi bog‘lovchilar 
deyiladi. Bunday bog‘lovchilarga chunki, sababli, tufayli, shuning uchun
shu bois (sabab, sababli), ya’ni, -ki singari so‘zlar kiradi. 
Тeng bog‘lovchilar ham, ergashtiruvchi bog‘lovchilar ham o‘z ichida bir 
necha ma’no guruhlariga bo‘linadi. Buni quyidagi jadvalda ko‘ring: 
Yuqorida keltirilgan bog‘lovchilarning har bir ma’no turiga bir necha 
bog‘lovchilar mansub. Har qaysi guruhga mansub bo‘lgan bog‘lovchilar bir-
biridan uslubiy xoslanishga egaligi bilan farq qiladi. 
Biriktiruvchi bog‘lovchi sifatida oddiy so‘zlashuv uslubida ko‘proq 
bilan (minan) ko‘makchisi ishlatiladi. Va, ham, hamda yordamchilari esa 
yozma nutq uslublari uchun xoslangan. 
Zidlov bog‘lovchisi sifatida so‘zlashuv uslubi uchun ammo, lekin 
bog‘lovchilarining birikkan holida ammo-lekin (ammolek) shakli ko‘proq 
ishlatiladi. Lekin bog‘lovchisining lek, vale (valekin) shakllari ham badiiy 
uslub uchun xoslangan. 
Ayiruv bog‘lovchilaridan yoxud, yoinki yozma nutq uslubi (publitsistik, 
badiiy uslub)dagina qo‘llaniladi. Aniqlov bog‘lovchilari faqat yozma nutq 
uslubida qo‘llaniladi. 
Sabab bog‘lovchilaridan chunki, shu sabab, shu tufayli ko‘proq yozma 
nutq uslubida qo‘llaniladi. 


Shart bog‘lovchilaridan garchi yozma nutq uslubi uchun xoslangan. 
Chog‘ishtiruv bog‘lovchilaridan xuddi uslubiy betaraf, go‘yo yozma nutq 
uchun xoslangan. 
Savol va topshiriqlar 
1. Qanday yordamchi so‘zlar bog‘lovchi hisoblanadi? 
2. Bog‘lovchilarning turlarini ayting va ularning o‘zaro farqini 
tushuntiring.
3. Bog‘lovchilarning uslubiy xoslanishini tushuntiring. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling