Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

354-mashq. Berilgan matnni o‘qituvchi asta-sekin o‘qiydi. Тalabalar 
eshitganlari asosida faqat bog‘lovchilarni daftarlariga yozadilar. 
EZGULIK URUG‘LARI 
Hayotda hech narsa abadiy emas. Vaqti kelsa, tog‘lar ham yemiriladi, 
ammo yoshlikda inson qalbiga ekilgan ezgulik urug‘lari toabad zavol 
bilmaydi. O‘g‘il-qizlarimiz biz yetolmagan orzularga erishishi, shuningdek, 
biz chiqolmagan cho‘qqilarni zabt etishi muqarrar, chunki ularning jo‘shqin 
qalbida jahoniy aql va tafakkur mash’ali yolqinlanib turibdi. Keyingi 
yillarda ilm-fan, sport, ijod, san’at, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda 


erishilgan olamshumul yutuqlarimizni esga oling. Demoqchimanki, aynan 
mustaqillik davrining yoshlari fidoyi mehnati va izlanish orqali O‘zbekiston 
nomini dunyoga tanitmoqda, uning obro‘siga obro‘, shuhratiga shuhrat 
qo‘shmoqda. Zamon ham, dunyoqarash ham o‘zgaryapti. Siz bilan biz 
ushbu yangilanish silsilasidamiz. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, avlodlar 
o‘rtasida o‘ziga xos «ko‘prik» bo‘lishimiz lozim. Тoki ota-bobolardan 
meros qolgan shu yurt, shu tuproq, shu aziz Vatanni ishonchli qo‘llarga 
topshira olaylik. 
... Maqolamga so‘nggi nuqtani qo‘yarkanman, hazrat Navoiyning 
quyidagi satrlarini yana bir bor eslagim va eslatgim keldi: 
El netib topqay menikim,
Men o‘zimni topmasam... 
(N. Тoshev) 
355-mashq. Gaplar ichidan bilan, ham so‘zlarining qaysi o‘rinlarda 
bog‘lovchi, qaysi o‘rinlarda boshqa yordamchi so‘z vazifasida qo‘llanganini 
aniqlang, undagi farqni tushuntirib bering 
1. Kumushbibi endi o‘n yettini qo‘yib, o‘n sakkizga qadam bosganida, 
bo‘yi ham onasiga yetayozgan, ammo jussasi onasidan ko‘ra to‘laroq 
ko‘rinar edi. 
2. Muloyim kishida insof ham, diyonat ham, e’tiqodga sodiqlik ham, 
vijdon ham, sadoqat ham — hammasi bo‘ladi.
3. Ahmad Yassaviy ko‘ngil va til birligini qadrlagan. 
4. Binolar qurildi, biroq tadbirkorlik ishlari qanday olib borilmoqda? 
5. She’r bilan kuyning hamohangligiga erishmoq zarur. 
6. Ona ba’zan farzandi boshida parvona bo‘lardi, ba’zan beshikka bosh 
qo‘yganicha uxlab qolardi. 
356-mashq. So‘zlashuv uslubida ishlatiladigan minan, omalekin, valek, 
lek, shun-chun kabi bog‘lovchilar ishtirokida gaplar tuzing. So‘ngra ularni 
yozma nutq uslubida yozing. 
357-mashq. Matnni o‘qib, bog‘lovchilarni toping, ularni tahlil qiling. 
N a m u n a: 


Hamdardlik — bir odamning qayg‘u-hasratlariga achinib, o‘zida ham 
qayg‘u hosil qilishidir, lekin quruq hamdardlik foyda bermaydi. 
Lekin — bog‘lovchi, teng bog‘lovchi, zidlov bog‘lovchisi yakka holda 
qo‘llangan, 2 ta gapni bog‘lash uchun xizmat qilgan. 
1. Aql va farosat quyoshga o‘xshaydi, beparvolik tufayli tushish mumkin 
bo‘lgan dog‘larga o‘rin qoldirmaydi. 2. Mol-u davlatingiz bilan emas, balki 
ilm-hunaringiz, go‘zal xulq-atvoringiz bilan faxrlaning. 3. Birov odob 
o‘rgatsa, o‘rganmagan kishi hayvon, ammo uzr so‘rasa, qabul qilmagan 
kishi shaytondir. 4. Haqiqat tikanli gulga o‘xshaydi, shuning uchun ham u 
hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. («Hikmatlar»dan) 5. Uning 
goh yig‘lagisi, goh kulgisi, goh butun kechani ostin-ustun qilib qo‘shiq 
aytgisi kelardi. (S. Ahmad
358-mashq. Quyida berilgan fikrni izohlang. Unga hikoyat va 
hikmatlardan misollar keltirib, bog‘lovchilarni ham ishtirok ettiring. 
Тil bor, bol keltirar,
Тil bor, balo keltirar.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling