Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar 
1. Harakat nomidan keyin kelgan ko‘makchilarga misollar yozing.
2. Yanglig‘ so‘zi qaysi ko‘makchilar bilan sinonim bo‘la oladi. 
3. O‘xshashlik, qiyoslash ma’nolarini bildiruvchi ko‘makchilarni yozing, 
ular ishtirokida gaplar tuzing. 
4. Тufayli, chog‘li, osha, bo‘ylab, bo‘yicha, uzra, holda, yo‘sinda 
ko‘makchilari ishtirok etgan gaplar tuzing. 
5. Nutqimizda qaysi ko‘makchilar jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan 
qo‘llanadi?
6. Biriktiruv bog‘lovchilari qanday vazifa bajaradi? 
7. Bog‘lovchi o‘rnida keladigan qo‘shimchalarni ayting va ularga 
misollar yozing. 
8. Agar, garchi, chunki, go‘yo, go‘yoki, basharti, mabodo kabi 
bog‘lovchilar ishtirokida gaplar tuzing, ularning uslubiy vazifasini 
tushuntiring. 
Тayanch tushunchalar 


bog‘lovchilar, teng bog‘lovchilar, ergashtiruvchi bog‘lovchilar, 
biriktiruv bog‘lovchilari, zidlov bog‘lovchilari, ayiruv bog‘lovchilari, 
aniqlov bog‘lovchilari, sabab bog‘lovchilari, shart bog‘lovchilari, 
chog‘ishtiruv bog‘lovchilari. 
 
 
 
 
37-dars. YUKLAMALAR VA ULARNING
USLUBIY XUSUSIYAТLARI 
Dars maqsadi: talabalarning yuklamalar yuzasidan olgan bilimlarini 
kengaytirish. 
Yuklamalardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. 
 
R e j a:
* Yuklamalar haqida ma’lumot.
* Yuklamalar tasnifi.
* Yuklamalarning uslubiy xususiyatlari. 
Yordamchi so‘zlar deb yuritiluvchi guruh tarkibida shunday 
yordamchilar borki, ular so‘z va gaplarni bir-biriga bo‘lgan sintaktik 
munosabatini ifodalamaydi. Masalan, faqat o‘qishni o‘ylaydi jumlasidagi 
faqat yordamchisi o‘qishni so‘zini boshqalardan ayirib, bo‘rttirib, ta’kidlab 
kelyapti. Shuning uchun ham bu jumla zamirida boshqa narsani o‘ylamaydi 
degan ma’no ham yashiringandir. Ana shu yashirin ma’noga ishora faqat 
yordamchisi orqali seziladi. Agar mazkur jumla tarkibidan faqat 
yordamchisini olib tashlasangiz, yuqoridagi yashirin ma’no ham xiralashadi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling