E s l a t m a: aslida, ikkinchi guruhdagi yuklamalar qo‘shimchalar ekan,
ularni so‘z turkumlari tarkibida o‘rganish
shartlidir, chunki so‘z
turkumlariga bo‘linish uchun u, albatta, so‘z maqomiga ega bo‘lishi kerak.
Yuklamalarning qanday ma’no guruhlariga bo‘linishini quyidagi jadval
orqali ifodalash mumkin.
Yuqorida keltirilgan yuklamalardan
-ku, na... na yuklamalari yozma nutq
uslubi uchun xoslangan bo‘lsa, qolganlari
uslubiy betaraf yuklamalar
sanaladi.
Ham yuklamasi bog‘lovchi vazifasida ham qo‘llaniladi. Bunday vaqtda
qaysi vazifada (yuklama yoki bog‘lovchi vazifasida)
kelayotganligini
farqlash kerak bo‘ladi.
Ikkita o‘zaro teng munosabatga kirishgan so‘zlarni bog‘lab,
va
bog‘lovchisi bilan almashtirish mumkin bo‘lsa,
ham bog‘lovchi vazifasida
qo‘llangan bo‘ladi. Ham yordamchisi qo‘llanilgan
jumla tarkibiga hatto
yordamchisini ham qo‘llash mumkin bo‘lsa, ham yordamchisi yuklama
vazifasida, ya’ni o‘z vazifasida qo‘llanilgan bo‘ladi. Solishtiring:
Soli ham
Karim keldi. Hatto Karim ham keldi.
Yuklamalardan
-mi, -gina (kina, qina), -oq (yoq) o‘zi qo‘shilayotgan
so‘zga qo‘shib yoziladi. Qolganlari o‘zi birikib bir so‘zni
kelayotgan
so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Ko‘p o‘rinda bir yuklamaning o‘rnida ikkinchi almashtirish mumkin
bo‘ladi. Masalan,
Faqat (yolg‘iz) sen kelmading.
E s l a t m a:
-gina (-kina, -qina) shakllari ot, sifat, ravishga qo‘shilib,
ma’noni
kuchaytirish, erkalash, ta’kidlash uchun ishlatiladi. Masalan,
ukaginam, qizgina,
yaxshigina, sekingina, ko‘pgina, ozgina va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: