Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar  
1. Qanday yordamchi so‘zlarga yuklama deyiladi? 
2. Yuklamalarning bog‘lovchilar bilan o‘xshash va farqli tomonlarini 
ayting. 
3. Yuklamalarning uslubiy betaraf va uslubiy xoslangan turlarini bayon 
qiling. 


359-mashq. Quyidagilarni ko‘chiring. Gapga so‘roq, his-hayajon, 
taajjub, ta’kid, kuchaytiruv, ayiruv ma’nolarini beruvchi so‘z va 
qo‘shimchalarni topib, ularning ostiga chizing. 
1. O‘shanda Asadbek undan norizo bo‘lganida «Ikki kishi o‘rniga bitta 
odam o‘tirgani durust emasmi?» deb o‘zini oqladi. 2. Ketma-ket ravishda 
ming marta, balki undan-da ko‘p hariflarining kuragini yerga tekkizgan 
polvon agar dono bo‘lsa, o‘ziga bino qo‘ymaydi, ming birinchi harifni ham 
albatta majaqlayman, deb katta ketmaydi. 3. Agar G‘ilay tirsagi bilan turtib 
yuborsa, to‘pponchasi ish bermay qolishi, hatto Bo‘tqaning o‘girilishga ham 
ulgurmasligi mumkinligini o‘ylamadi. 4. «Qarg‘alar sovuqdan qo‘rqmaydi-
ya, men axir yigit bo‘lib qolgan bo‘lsam» o‘yladi Risqitilla va qarg‘aga 
qarab «hov, hov, ha, ha» deya qo‘llarini yuqoriga niqtadi. Unga beparvo 
qarab turgan qarg‘a Risqitillaning izzat-nafsiga tegdimi, u shartta oyoqlarini 
etikdan chiqarib o‘rikka chirmashdi-da, pichoq turgan shoxga olmaxonday 
liр etib chiqib oldi. 5. Yig‘i aralash yerga tushmoqchi bo‘ldimi, yo 
qirqayotgan shoxining qanchalik «joni» qolganini sinab ko‘rmoqchi 
bo‘ldimi joyidan qo‘zg‘alishini biladi — shox qasir-qusur qilib pastga 
ag‘darildi. 6. Xudo asragan ekan, pichoq qor ichida naq uning yelkasi 
tushgan joyda yotardi. 7. Jardagi ariqlarda bir paytlar to‘lib suv oqqanini 
bilasan-a?!  
(Т. Malik) 
360-mashq. Berilgan gaplarga o‘zingiz yuklamalar qo‘ying. Ularning 
gapdagi o‘rnini va vazifasini tushuntiring. Uslubiy jihatdan qanday 
qo‘shimcha ma’no berayotganligiga diqqat qiling. 
XOSIYAТ BUVI 
Xosiyat buvi nevarasini bog‘chadan olib keldi, o‘zini behol sezdi. 
Atrofida nimalarnidir javrayotgan bolaning so‘zlari qulog‘iga kirmay, ko‘z 
oldi xiralashib, tizzalari titradi, xontaxta chekkasiga cho‘kkalab, hushidan 
ketdi... Bir zamon ko‘zini ochsa kasalxonada yotar, yonida o‘g‘li, kelini 
termulib o‘tirishardi. U bolalariga bazo‘r qarab qo‘ydi, ko‘zlarini yumdi. 
Bemorga tikilib o‘tirganlarning ko‘nglidagi vahima o‘rnini allaqanday 
ilinj egallay boshladi. Xosiyat buvining o‘g‘li «Hayriyat!» deb chuqur nafas 
oldi, xotiniga nimalardir pichirlab o‘rnidan turdi. Kampir o‘g‘lining 
qo‘zg‘alganini sezdi, lekin ko‘zini ochishga quvvati bo‘lmadi, yuragi 


o‘g‘lining yo‘lakdan uzoqlashayotgan qadam tovushiday duk-duk ura 
boshladi. «Otasi ham xuddi shunaqa tez-tez yurardi», xayolidan o‘tkazdi u. 
Bola-chaqalarining yelib-yugurib qolganidan Xosiyat buvi ahvoli ancha 
og‘ir ekanligani tushundi. Qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar serqatnov 
bo‘lib qolishdi. Gohida o‘g‘li, asosan, kelini boshida navbatchilik qilishardi. 
Xosiyat buvining ikki singlisi bor. Kichigi shanba kuni keldi. U uyida 
ustalar ishlayotgani uchun tez-tez kelolmayotganidan o‘kingan singlisini 
ko‘rib o‘sha kuni kech ketdi. Ertasiga yana keldi. 
Xosiyat buvining o‘g‘li xolasining bunchalik mehri tovlanib qolganidan 
quvonib ketdi.
 
 
 
 
 
(Т. Mahmud) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling