Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

361-mashq. Matani o‘qing. Yuklamalarning ma’nosi va yozilishiga izoh 
bering. 
VAТAN MADHI 
Vatandan shirinroq hech narsa yo‘q. Axir, odamlar nimaniki muqaddas 
deb hisoblasa, nimaniki teran mazmun bilan sug‘orilgan, deb bilsa, 
bularning barini ularga Vatan o‘rgatgan emasmi? Mayli, ko‘pgina odamlar 
o‘zga yurtlarning qudrati-yu ajoyibotidan zavqlansin, imoratlarning 
dabdaba-yu vasvasasiga qoyil bo‘lsin, lekin hamma Vatanini sevadi. O‘zga 
yurtlarning behisob mo‘jizalarini ko‘pchilik ko‘rgan, ammo hech kim ularga 
mahliyo bo‘lib o‘z yurtini unutib qo‘ygan emas-ku?!. 
Barcha odamlar Ollohdan Vatanini farovonlikda boshqa shaharlarga 
teng qilishni so‘raydi-yu, lekin tanlashga kelganda har qancha faqir-u 
ko‘rimsiz bo‘lsa-da, faqat o‘z Vatanini tanlaydi. 
Vatan hamma odamlar uchun shu qadar azizki, qonun chiqaruvchilar 
hamma joyda eng katta jinoyatlar uchun oliy jazo sifatida Vatandan 
badarg‘a qilishni belgilab qo‘yishgan. Axir, janglarda safda turganlar uchun 
eng oliy, eng ulug‘ xitob — Vatan uchun jangga undaydigan xitobdir. Bu 
xitobni eshitgan hech bir odam undan bo‘yin tovlashni o‘ziga munosib 
bilmaydi-da. Negaki, «Vatan» so‘zi hurkak odamga ham jasorat 
bag‘ishlaydi.
 
(Lukian) 
 
362-mashq. -mi, -chi, -a, -ya, -ku, -ham, -u (-yu) -da, -oq, -yoq, -ki (-
kim), axir, hatto, nahotki, -gina (-kina, -qina), faqat, naq, na yuklamalari 
ishtirokida gaplar tuzing, ularni imlo qoidalariga rioya qilib yozing. 


363-mashq. -chi yuklamasi so‘roq, buyruq, iltimos, xohish, ta’kid 
(uqtirish) ma’nolarini bildiradi. Shunga ko‘ra, Siz ham yuqoridagidek hissiy 
bo‘yoq beradigan gaplar tuzing va yozing. 
Yordamchi so‘zlarga oid grammatik topishmoqlarning ma’nosiga e’tibor 
bering, javobini toping. 
1. Yordamchi so‘z o‘zlari
Qo‘shimchadek so‘zlari.
Ma’nosi nuqul so‘roq,
Oxirida bor o‘roq?
2. Qalam bilan yozamiz,
Men bilan sen yozamiz.
Bunda ikki «bilan» bor.
Bir-biridan farqi bor,
Тoping, qanday farqi bor?
3. Shu so‘zi uchun, bilan,
Uchun ham shuning bilan
Qachon bo‘lar bog‘lovchi? 
Misol topib ayting-chi?
Bilan, uchun so‘zlari 
Qachon bo‘ladi -chun, -la?
O‘ylab toping misollar
Qo‘llansin -chun hamda -la 
4. Bir xil so‘roqli so‘zlar 
O‘rtasida qo‘llanar 
Bog‘lovchi -la almashar
Belgi bo‘lib ko‘rinar? 
5. Sen ham men xatni yozdik. 
Karim ham xatni yozdi. 
Bunda ikkita «ham» bor, 
Тoping, qanday farqi bor?


6. Yuklamalardir -u, -yu,
Ko‘p hunarlidir -u, -yu.
Bog‘lovchi bo‘lar -u, -yu.
Bog‘lovchi-yu yuklama
Qanday bo‘ladi u, yu?

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling