Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
Тayanch tushunchalar 
undov so‘zlar, his-hayajon undovlari, buyruq-xitob undovlari. 
38.2. MODAL SO‘ZLAR VA ULARNING
USLUBIYAТI 
Dars maqsadi: modal so‘zlardan talabalar nutqida o‘rinli foydalanish 
ko‘nikmasini shakllantirish 
 
Reja:
* Modal so‘zlar haqida ma’lumot.
* Modal so‘zlar tasnifi.
* Modal so‘zlarning uslubiy xususiyatlari. 
1-topshiriq. Quyidagi berilgan gaplar tarkibidagi shubhasiz 
so‘zining vazifasini aniqlang. Shubhasiz, yangilik eskilik ustidan 
tantana qiladi. Sizning a’lo o‘qishingiz shubhasiz.  
2-topshiriq. Albatta so‘zi ishtirokida gap tuzing. Albatta so‘zining 
gapdagi tartibini o‘zgartiring va bu o‘zgarishning gap mazmuniga 
ta’sir etish-etmasligini aniqlang. 
So‘zlashuv jarayonida albatta, shubhasiz, ehtimol singari so‘zlarni ko‘p 
eshitasiz, lekin bunday so‘zlar borliqdagi narsa-hodisalar, belgi 
xususiyatlarini nomlamaydi. Shu bilan birgalikda yordamchi so‘zlarga 
o‘xshab sof grammatik ma’no ham ifodalamaydi. Bunday so‘zlar 
bildirilayotgan axborotga so‘zlovchining tasdiq, ishonch, gumon kabi 
munosabatlarini bildiradi. 


So‘zlovchining munosabatini ifodalaydigan so‘zlar modal 
so‘zlar sanaladi. Masalan, Mamlakatimiz, albatta, buyuk, gullagan 
yurtga aylanadi. Yuqoridagi gapdan albatta so‘zini tushirib 
qoldirsangiz ham gapning umumiy mazmuniga futur yetmaydi. Lekin, 
ishonch, tasdiq ma’nosi bo‘rtib turmaydi. Gapga albatta, shubhasiz 
so‘zlarining qo‘shilishi bilan esa so‘zlovchining gap orqali 
ifodalanayotgan axborotga ishonch, tasdiq munosabati alohida 
ta’kidlangan holda bayon qilinadi. 
Modal so‘zlarning ma’no tasnifini quyidagi jadvalda ifodalash mumkin: 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling