Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

370-mashq. Gaplarni o‘qing. Modal so‘zlarni topib, har bir modal 
so‘zning ma’nosini, gapda qanday vazifa berayotganini tushuntiring. 
1. Тabiiy, xiyonatkor sultonlarning qochishi Boysung‘ur Mirzo 
lashkarining soniga unchalik ta’sir qilmagan bo‘lsa-da, ruhiga jiddiy zarar 
yetkazgani shak-shubhasiz edi. 
2. Darhaqiqat, agar voqealarning kechishini diqqat bilan kuzatsak, Abu 
Yusuf arg‘un bilan Zuhrabegi og‘a niyatidan xabardor bo‘lgan. 
3. Aytishlaricha, Shayboniy otasi Budoq Sulton bilan onasi 
Qo‘zibegimdan yoshligida yetim qolib, ukasi bilan birga bobosi 
Abulxayrxon qo‘lida tarbiya topgan. 
371-mashq. Berilgan gaplarni ko‘chiring. Modal so‘zlarni topib 
ma’nosini ayting. 
1. Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan oqqanda 
birdan uyg‘onib ketasiz. 
2. Yo‘q, chamamda, onalarning biz tushunmaydigan, bizning 
o‘lchovimizga sig‘maydigan o‘z olami borga o‘xshaydi.
3. «Xayriyat!» — o‘qituvchi bosh silkidi. 
4. Nachora, kuni bitgan-da, dedi dadam tomog‘ini bo‘g‘gan ko‘z 
yoshidan ovozi xirillab. 
5. Nihoyat, Anna xola o‘zi tutib turgan ko‘zguni etagiga artib xurjuniga 
tiqdi. (O‘. Hoshimov)  
6. Darhaqiqat, xalq uchun ulug‘ ish qilyapsiz, o‘g‘lim. 
7. Xullas, vodiyda ham, gullar bog‘ida ham avvalgi hayotdan asar 
qolmagan edi. (Sh. Rashidov) 


8. Darhaqiqat, o‘shanda ham Beruniy qilmaganini shoir Unsuriy qildi. 
9. Mayli, hamma in’om, hamma boyliklar o‘shal madhiyabozlarga 
buyursin! 
10. Xullas kalom, mana, yaqin uch oydirki, maxfiy elchi yo‘lda emas, 
ikki o‘t orasida! 
11. Durust, mana yigirma yildirki, bu takabbur hakim bizga xizmat 
qilishdan bosh tortdi. 
12. Binobarin, bu naql ko‘p purhikmat naqldur!.. (O. Yoqubov) 
13. Garchi, to‘satdan dimog‘-firog‘ paydo qilgan «allomayi zamon»ning 
bema’ni qiliqlarini kechirishga majbur bo‘lsa ham, ichida undan kular, 
nazarida, «shayx ur-rais» bir necha daqiqadan keyin o‘ziga kelib, 
mo‘minlashib qoladigandek tuyulardi. (O. Yoqubov) 
372-mashq. «Ming bir hadis» kitobidan olingan hikmatlarni o‘qing, 
ulardan bir nechtasini yod oling. Modal so‘zlarni topib, ma’nosini ayting. 
Ollohga eng yomon ko‘rinadigan odam, avvalo, gina va adovatni uzoq 
saqlovchi odamdir. Kimningki g‘azabi kelsa, so‘zsiz, jim bo‘lsin. 
Birinchidan, olim (ilm beruvchi) bo‘l yoki ilm o‘rganuvchi bo‘l, yoki 
tinglovchi bo‘l, yoki ilmga va ilm ahliga muhabbatli bo‘l. Beshinchisi 
bo‘lma, afsuski, unda halok bo‘lasan. 
Ikkinchidan, agar yaxshiliging seni xursand qilib, yomonliging xafa 
qilsa, demak, sen mo‘min ekansan. 
Kimgaki (Olloh tomonidan) aql-u idrok berilsa, binobarin, u najot 
topadi. 
Uzr aytishga majbur qiluvchi ishlarni shaksiz, kamaytiringlar. 
Umuman olganda, baxtli kishi fitnalardan yiroq bo‘lgan va musibat 
yetganda sabr qilgan kishilardir. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling