Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
 
 
 
39-dars. SO‘ZLARNING ТUZILISHIGA
KO‘RA TURLARI. SODDA VA QO‘SHMA
SO‘ZLAR, ULARNING USLUBIYATI 
Dars maqsadi: so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari bo‘yicha 
talabalarning o‘rta umumiy ta’limda olgan bilimlarini mustahkamlash va 
kengaytirish. 


R e j a:
* So‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari.
* Qo‘shma so‘zlar, ularning sodda so‘z hamda so‘z 
birikmasidan farqi. 
* Qo‘shma so‘zlar bilan sodda so‘zlar sinonimiyasi. 
 
Тopshiriq. «Imlo lug‘ati»dan qo‘shma so‘zlarga o‘nta misol
keltiring. Qo‘shma so‘zlarning sodda so‘zlardan farqini ayting 
So‘zlar tuzilishiga ko‘ra uch turga bo‘linadi:
1. Sodda so‘zlar. 2. Qo‘shma so‘zlar. 3. Juft va takroriy so‘zlar. 
Faqat bir o‘zakdan tashkil topgan so‘zlar sodda so‘zlar 
hisoblanadi. Masalan, keldi, yondirishdi, yigitlarga, g‘allachilik, 
lalmikor, yettinchi, o‘rikzor kabi. 
Ikki va undan ortiq o‘zaklardan tashkil topgan so‘zlar 
qo‘shma so‘zlar sanaladi. Masalan, shirinzabon, muzqaymoq, ishlab 
chiqarish, kungaboqar kabi. 
Qo‘shma so‘zlar tilning tarixiy taraqqiyoti davomida aslida ikki va 
undan ortiq so‘zlarning birikuvidan tashkil topgan, lekin hozirgi o‘zbek tili 
nuqtayi nazardan bu birikuv o‘z kuchini yo‘qotib bir so‘zga aylanib qolgan 
bo‘ladi. Shuning uchun qo‘shma so‘z tarkibida alohida so‘z bo‘lib ko‘ringan 
qismlar (kunga-boqar, beshik-tervatar, nomoz-shom-gul) hozirgi o‘zbek 
tilida so‘zlik xususiyatini yo‘qotgan, bir so‘z tarkibidagi ma’noli qism 
(morfema)lar sanaladi. 
Qo‘shma so‘zlar bitta so‘z bo‘lganidan, ularning qismlari orasiga boshqa 
ma’noli qismni kiritib bo‘lmaydi. Masalan, kungaboqar so‘zining kunga 
qismidagi -ga ni boshqa kelishiklar bilan almashtirib bo‘lmaydi. 
Shuningdek, bu qism egalik, ko‘plik shakllarini ham olmaydi. Ana shu 
xususiyati bilan so‘z birikmasidan va sodda so‘zning ko‘makchi fe’lli 
shaklidan farq qiladi. Solishtiring: uxlab chiqdi uxlamay chiqdi; kunga 
qaradi kun qaradi (so‘z birikmasi). Qo‘shma so‘zlar qismlari birikib 
bitta so‘zning tarkibiga aylangani uchun ular ko‘pincha sodda so‘zlar bilan 
sinonimik munosabatda bo‘ladi. Masalan, o‘sal qilmoq uyaltirmoq, oq 
qilmoq haydamoq, bayon qilmoq so‘zlamoq; kamchiqim pishiq
shifobaxsh  dorihamnafas  yaqin va boshqalar. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling