Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 382-mashq.
- 384-mashq.
Savol va topshiriqlar
1. Juft so‘z deganda nimani tushunasiz? 2. Тakroriy so‘z deganda-chi? 3. Juft va takroriy so‘zlar sodda so‘zlardan ma’no jihatdan qanday farq qiladi? 4. Juft va takroriy so‘zlar qanday yoziladi? 380-mashq. Quyidagi sodda so‘zlardan juft so‘zlar hosil qilib yozing. Erta — ..., shak — ..., olib — ..., ora — ..., apoq — ..., azob — ..., do‘st- u..., el — ..., aql — ..., oxir — ..., o‘g‘il — ..., ota — ..., bo‘m — ..., rang — ..., toat — ..., qiy — ..., savol — ..., er-u ..., yosh — ..., kir — ..., kayf — ..., uch — ..., kuch — ..., katta — ..., past— ..., bog‘ — ..., turli — ..., qiyin — ..., to‘y — ..., oyoq — ..., yot..., or — ... . 381-mashq. 2 guruhga bo‘lining. I guruh zid ma’noli juft so‘zlarga, II guruh esa o‘zaro yaqin ma’noli juft so‘zlarga misollar yozsin. Qaysi guruh belgilangan vaqt ichida ko‘p va to‘g‘ri so‘z topa olsa, o‘sha guruh g‘olib deb topiladi. (Musobaqani davom ettirmoqchi bo‘lsangiz juft so‘zlar ishtirok etgan she’riy misollar ham yozing). N a m u n a: I. Zid ma’noli II. Yaqin ma’noli kecha-kunduz ota-ona 382-mashq. Bir nechta so‘zlar yozing hamda ularning qaysi sodda so‘z bilan sinonim bo‘lishini ham izohlang. N a m u n a: katta-kichik (hamma). 383-mashq. Quyidagi jadvalni juft so‘zlar bilan to‘ldiring. 384-mashq. Ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan juft so‘zlar ishtirokida gaplar tuzib yozing. 385-mashq. Gazetadan olingan quyidagi gaplarni ko‘chiring. So‘zlarning juft va takroriy shakllarini toping, ularning tuzilishini va grammatik ma’nolarini aniqlang. 1. Yigitning ukasi kelib, qo‘yarda-qo‘ymay kasalxonaga borib kelishimni iltimos qildi. 2. Azizlar! Bir kuni kelib afsus-nadomatning zaharli sharobini ichmaslik uchun qo‘lning kiri bo‘lgan mol-mulkni odamdan, insoniy qadr-qiymatdan yuqori qo‘ymaylik. 3. Yakshanba kuni birin-ketin, o‘g‘il-qiz, nevara-kelinlar yig‘ila boshlashdi. 4. Yaqinda tumanimizdagi 54 ta bolalar bog‘chalarida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. 5. Yig‘ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar. 6. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov majlisda so‘zlagan nutqlarida yigit-qizlarning oldiga jamiyatda munosib o‘rin egallash, o‘z aql-zakovati, kuch-qudratini to‘la namoyon etishdek mas’uliyatli vazifani qo‘ydi. 7. Тo‘qqiz yil oldin bo‘lib o‘tgan voqea- hodisalar negadir tez-tez esimga tushadi. 8. Gazetamizda «Ota-onamdan olgan saboqlarim», deb nomlangan pand-nasihat tarzidagi rukn ochilsa. («Oila va jamiyat» gazetasidan) 386-mashq. Quyidagi berilgan juft so‘zlar ishtirokida gaplar tuzib yozing. El-yurt, choynak-piyola, tun-kun, opa-singil, o‘rin-joy, asta-sekin, uzoq- yaqin, tasir-tusir, oyoq-qo‘l, zavq-shavq, meva-cheva, afsus-nadomat, qovun-tarvuz, og‘iz-burun, teri-tanosil, sarf-xarajat, tog‘-u tosh, to‘y- tomosha, ota-yu ona. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling