Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars maqsadi
Тayanch tushunchalar
so‘z, leksema, leksik ma’no, grammatik ma’no. 4-dars. BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR. KO‘CHMA MA’NOLAR VA ULARNING ТURLARI 4.1. BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR Dars maqsadi: o‘quvchilarda so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari haqida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, ularni o‘z nutqlarida so‘z ma’nolaridan to‘g‘ri foydalana olishga o‘rgatish. R e j a: * Ko‘p ma’noli so‘zlar va ularning paydo bo‘lish sabablari. * Bir ma’noli so‘zlar. * Ko‘p ma’noli so‘zlarda ma’noning darajalanishi: to‘g‘ri ma’no va ko‘chma ma’nolar. 1-topshiriq. «Navoiy» dramasida Mansur Navoiyga: «Pirim, kechiring, itlik qildim» deb yolvoradi. Shu iboraning ma’nosini tushuntiring. It so‘zining to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarini ayting. 2-topshiriq. Bulbul so‘zining to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarini ayting. Ko‘chma ma’nosi asosida gap tuzing. Тilimizdagi so‘zlarning juda katta qismi ko‘p ma’nolidir, chunki kishilar o‘zining kundalik hayotida yangi paydo bo‘lgan tushunchalarning har biri uchun alohida-alohida so‘zlar qo‘llayveradigan bo‘lsa, so‘zlarning soni o‘ta ko‘payib ketib, ularni xotirada saqlash mumkin bo‘lmay qolardi. Natijada tildan foydalanish ham qiyinlashib, u sekin-asta yaroqsiz holga kelib qolgan bo‘lardi. Shuning uchun ham har qaysi tilda sanoqli til birliklarning turli xil kombinatsiyalaridan cheksiz tushuncha va fikrlarni ifodalashga harakat qilinadi. Ana shunday harakat tufayli tilda ilgari mavjud bo‘lgan so‘zlarga yangi-yangi ma’nolar yuklanadi. Natijada ko‘p ma’noli so‘zlar maydonga keladi. Masalan, tosh so‘zi dastlab «qattiq», «sovuq jism» ma’nosida qo‘llangan: «Yo‘lda tosh yotibdi.» Keyinchalik «qattiqlik» ma’nosini faollashtirib, tosh bag‘ir, bag‘ri tosh birikmalarida bag‘irning sifatlovchisi vazifasida ko‘chma ma’noda qo‘llanila boshlangan. Yoki ko‘z so‘zi dastlab faqat «tirik organizmning qavariq shaklga ega bo‘lgan ko‘rish a’zosi» ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, keyinchalik «qabariqlik» ma’nosini faollashtirish asosida «daraxtning ko‘zi», «yorug‘lik bilan ta’minlash» ma’nosini faollashtirish orqali «derazaning ko‘zi» ma’nolarida qo‘llanila boshlandi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling