Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

54-mashq. A. Navoiyning «So‘z durredurkim, aning daryosi ko‘ngildir» 
degan fikrlarining mazmunini ayting va uni munozaraga aylantiring. So‘ng 
quyidagi matnni o‘qing. O‘zbek tili leksikasi takomiliga munosib hissa 
qo‘shgan olimlarning ishlari haqida so‘zlab bering.
IRISТOY QO‘CHQORТOYEV
(1936—2000) 
Filologiya fanlari doktori (1978), professor (1981), O‘zbekiston Fanlar 
akademiyasining akademigi (2000) Iristoy Qo‘chqortoyev o‘zbek tilining 
leksikologiyasi, uslubiyati, tilning umumiy-nazariy masalalari bilan bog‘liq 
bir qator asarlarning muallifi. Ular orasida «Ferdinand de-Sossyurning 
lingvistik konsepsiyasi» (1976), «So‘z ma’nosi va uning valentligi» (1977) 


kabi kitoblari tilshunoslikning nazariy muammolarini yoritishda katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Shuningdek, u oliy maktablarda til bilimini o‘qitishni takomillashtirish 
bo‘yicha ham ulkan ishlarni amalga oshirdi. Xususan, oliy o‘quv 
yurtlarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari talabalari uchun yozilgan 
«Badiiy nutq stilistikasi» (1975), «Тurkiy filologiyaga kirish» (1976), 
«Тilshunoslikka kirish» (1976), «Umumiy tilshunoslik», «Lingvistik 
ta’limot tarixi» (1980) kabi o‘quv qo‘llanmalari tilshunoslik nazariyasi va 
turkiyshunoslikni yuqori pog‘onaga ko‘tarishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
55-mashq. Ushbu gaplardagi ma’no ko‘chishini izohlang. 
Besh qo‘lini og‘ziga tiqmoq, besh qo‘l barobar emas, yuzlar, ko‘zlar 
boqar edi biz tomon, eshikka kiraylik. 
O‘zingiz ham yuqoridagiga o‘xshash ma’no ko‘chishga misollar yozing. 
Тayanch tushunchalar 
bir ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar, polisemiya, to‘g‘ri ma’no, 
ko‘chma ma’no. 
4.2. KO‘CHMA MA’NOLAR VA ULARNING ТURLARI 
Dars maqsadi: o‘quvchilarda metafora, metonimiya, sinekdoxa va 
vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chirilishi haqida bilim hamda ko‘nikmalar 
hosil qilish. 
R e j a: 
* Ko‘chma ma’no va uning paydo bo‘lish usullari.
* Metafora va uning xususiyatlari.
* Metonimiya va uning uslubiy xususiyatlari.
* Sinekdoxa va uning uslubiy xususiyatlari.
* Funksiyadoshlik va uning uslubiy xususiyatlari. 
1-topshiriq. Asal so‘zining to‘g‘ri (o‘z) va ko‘chma ma’nosini 
aniqlang. Ko‘chma ma’no bilan to‘g‘ri ma’no o‘rtasida qanday 
bog‘liqlik borligani ayting. 
 
2-topshiriq. Xom so‘zining to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini aniqlang. 
Bu ikki ma’no o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntiring. 


Ko‘p ma’noli so‘zlar va ma’nolarning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarga 
bo‘linishini yuqorida ko‘rib o‘tdik. 
Borliqdagi narsa — hodisa, belgi — xususiyat, harakat — holat nomlari 
ma’lum bir asosga ko‘ra boshqa narsa — hodisa, belgi — xususiyat, harakat 
— holat nomi sifatida ham qo‘llaniladi. Bunday vaqtda bitta nom bir necha 
narsa — hodisa, belgi — xususiyat, harakat — holatlarning nomi sifatida 
xizmat qiladi. Masalan, burun so‘zi «tirik organizmning yuz qismidan 
bo‘rtib chiqqan nafas olish organi» ma’nosini ifodalash bilan birgalikda 
«yerning suvlikka tomon bo‘rtib chiqqan qismi» ma’nosini ham ifodalaydi. 
Predmetlar o‘rtasidagi tashqi o‘xshashlik (yuz qismdan bo‘rtib chiqqan 
burun bilan yer qirg‘og‘ining dengiz yoki okeanga qarab bo‘rtib chiqishi 
o‘rtasidagi o‘xshashlik) birining nomini ikkinchisi o‘rnida qo‘llashga asos 
bo‘lgan. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling