Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Ma’no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
Ma’no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra
metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari turlari mavjud. 56-mashq. Berilgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. Omonim yoki polisemantik so‘z ekanligini aniqlang. Do‘st, yosh, yuz, nafis, mol, oyoq, bel, tut, yengil, gul, sher, sana, uch, o‘ch, quloq... Namuna: 1. Olti narsa rohatda yashashga yordam beradi, shulardan biri haqiqiy do‘sting bo‘lmoqligidir. 2. Bugungi kechamizga shoir Do‘st Hamdam ham tashrif buyurgan. 3. Do‘st!!! Yana bir juft qo‘shiq bo‘lsin! 57-mashq. Quyidagi so‘zlarning har biri bilan ikkitadan gaplar tuzing. Ularning birida shu so‘z o‘z asl ma’nosida ikkinchisida ko‘chma ma’noda qo‘llansin. Shayton, tulki, ola, tor, yumshoq, dum, ajdaho, ilon, tamoq, luqma, dunyo, og‘irlik, shisha, tosh, karam... 58-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni ajratib, ma’no ko‘chishning turini yozing. 1. «Semurg‘» «Sug‘diyona»ni qabul qilib, raqiblar darvozasiga ketma- ket beshta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 2. Qo‘shnimizning o‘g‘li dadasi bilan tortishayotganining ustidan chiqib qoldim. 3. Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho‘zib yuborilmoqda. 4. Beodob qizning gapini onasi tekislab turdi. 5. Prezidentimiz adashganlar uchun to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib berdi. 6. Bolam, ho‘l-u quruqqa qanoat qil, ana o‘shanda sen, kayvoniy odam bo‘lasan. 7. Muallif dutor haqida yozadi va bu bilan o‘zbek cholg‘u asbobini birinchi bo‘lib tilga oladi. 8. O‘g‘lining dardida sarg‘aygan onaning oh-vohlariga chidab bo‘lmasdi. 9. Тun o‘z o‘rnini tongga bo‘shatib berdi. 10. Navoiy ko‘hna Sharqning ulug‘ mutafakkiri sifatida o‘z asarlari bilan o‘sha davr ijtimoiy masalalarini ham ko‘tarib chiqdi. 11. Go‘zal bu gaplarning hammasini yuragining tubiga joylagan edi, uni hech kimga oshkor ayta olmasdi. 12. Yigitning uylanayotganini eshitgan qizning qalbi yaralandi. 59-mashq. Quyida berilgan so‘zlar qavs ichidagi so‘zlar bilan birga qanday ma’noga ega bo‘lganligini tushuntiring. Maslahat (oldi, qildi, soldi), dili (qora, siyoh, pok), toshmoq (suv, ichi, to‘lib), mayl(i) (qo‘shimchasi, bo‘ldi, bildirdi), zarar (yetkazadi, qildi, ko‘rdi), iliq (gap, suhbat, suv), dars (hayot, matematika), ochmoq (ko‘ngil, eshik, yo‘l). 60-mashq. Berilgan so‘zlarni ikki ustunga bo‘lib ko‘chiring. Ko‘p ma’noli Bir ma’noli (polisemantik) (monosemantik) Atlas, xosiyat, kompyuter, xurmo, xunuk, parcha, xoreografiya, patir, pasta, patnis, g‘ildirak, g‘isht, g‘oz, g‘uncha, gazeta, grammatika, urg‘u, dunyo, tilxat, paxta, soya, shaxs, olmosh, doya, qoshiq, qoya, xat, quy, davlat, qushni, marketing, vertolyot, tirnoq, maqol, uy, tom, kirish so‘z, undalma, yuvg‘ich, dars, haykal, topishmoq, aruz, tish, til ... 61-mashq. Uyga topshiriq. Ma’no ko‘chishning metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik usullariga Abdulla Qodiriy, Said Ahmad, Тohir Malik asarlaridan misollar yozing. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling