Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


-dars. MEТAFORA VA MEТONIMIYA HAMDA


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

5-dars. MEТAFORA VA MEТONIMIYA HAMDA
ULARNING USLUBIY XUSUSIYAТLARI 
 
5.1. MEТAFORA VA UNING USLUBIYAТI 
1-topshiriq. Qozonning qulog‘iodamning qulog‘i birikmalaridagi 
quloq so‘zining to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarini ayting. Ko‘chma 
ma’no bilan to‘g‘ri ma’no o‘rtasidagi aloqani tushuntiring. 
Nutqimizda eng keng tarqalgan ma’no ko‘chish usuli metaforadir. 
Metafora (yunoncha metaphora ko‘chirish) bir predmet 
nomining boshqa predmet nomiga ular o‘rtasidagi ma’lum 
o‘xshashlik asosida ko‘chishidir. Masalan, tandirning og‘zi 
birikmasida og‘iz so‘zining ma’nosi odam yoki hayvon og‘ziga tashqi 
o‘xshashligi asosida vujudga kelgan. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi 
o‘xshashlik turli asosda bo‘lishi mumkin: 
1. Ikki predmet o‘rtasidagi shakliy o‘xshashlik. Masalan, odam qulog‘i 
va qozon qulog‘i
2. Ikki predmet qayerda joylashishi bo‘yicha o‘xshashlik. Masalan, 
itning dumisamolyot dumi va boshqalar. 
Nutq jarayonida metaforalardan o‘rinli foydalanish nutqimizni 
ta’sirchan, jozibali qiladi. So‘zlovchining badiiy-estetik qobiliyatini 
namoyon etadi. 
Savol va topshiriqlar 
 
1. Metafora deganda nimani tushunasiz? 
2. Metafora yo‘li bilan ma’no ko‘chishiga o‘zingiz beshta misol keltirib, 
ma’no ko‘chish asosini tushuntirib bering. 
62-mashq. Gaplarni o‘qing, ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarni 
toping va izohlang. 
1. Bola onasining oldiga tushib, pildirab ketdi. (Oybek) 2. Otam 
yetimlarning boshini siladi. 3. Mungli kuy yurakni tirnar edi. 4. Soraxon 
qo‘l siltab, onamning o‘zlari ham urishqoqlar, dedi. (A.Qahhor) 5. 
Yo‘lchining so‘zlariga hayratlanib, chol yoqasini ushladi. (Oybek) 6. 


Bolalar yopishavergach, xaltani ochishga majbur bo‘ldi-da, labini burib 
vaysay boshladi. (Oybek) 7. Kuyov qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib: «...ishoning, 
dada, Karomatni boshimga ko‘taraman», dedi. (S. Ahmad) 8. O‘shanda ham 
Yusuf amaki dadamni yolg‘izlatmay, holidan xabar olib turgan. (H. Nazir
9. Kuyov bo‘lmay qaro yer bo‘lgur na o‘ligini ko‘rsatadi, na tirigini. (A. 
Qahhor) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling