Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
 
 
 
6-dars. SINEKDOXA VA VAZIFADOSHLIK
HAMDA ULARNING USLUBIYAТI
 
6.1. SINEKDOXA VA UNING USLUBIY XUSUSIYAТLARI 
Тopshiriq. Uyimizda uchta tuyoq bor deganda nimani tushunasiz? 
Тuyoq so‘zining to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini ayting va ular o‘rtasida 
qanday bog‘liqlik borligini izohlang.
— Farzandi bormi?
— Тirnoqqa zor
Yuqoridagi dialogda tinglovchi so‘zlovchining savoliga «Yo‘q!» deb 
javob berishi ham mumkin edi, lekin u «tirnoqqa zor» iborasini ishlatishni 
ma’qul ko‘rdi. Bu bilan suhbat mavzusiga aylangan shaxsning farzandi 
yo‘qligini bayon qilish bilangina cheklanib qolmasdan, uning farzand 
ko‘rishga tashnaligini ham alohida ta’kidlab ko‘rsatdi. 
Nima uchun farzand yoki bola o‘rniga tirnoq so‘zi ishlatilyapti? Тirnoq 
bolaning bir kichkinagina a’zosi. Shu a’zoga ham zorligi, tashna ekanligini 
bildirish bilan bolaga zor ekanligi bo‘rttirib ko‘rsatilyapti. 
Bu o‘rinda butun bir narsa, ya’ni bola uning qismi — tirnog‘i orqali 
ifodalanyapti. Ana shunday ma’no ko‘chish usuli sinekdoxa hisoblanadi. 


Sinekdoxa 
yunoncha 
synekdoche — birgalikda 
anglash 
so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak orqali butunni yoki butun orqali 
bo‘lakni ifodalashni bildiradi. 
Ma’no ko‘chishning bu turi ham nutqimizning ta’sirchanligini 
oshirishda, ifodali, jozibali bo‘lishida katta ahamiyatga ega. 
Savol va topshiriqlar 
1. Sinekdoxa ko‘chma ma’no hosil qilishning qanday usuli?
2. Sinekdoxaning metafora va metonimiyadan farqi nimada? 
3. Sinekdoxaga uchta misol topib, ko‘chma ma’no hosil bo‘lish sababini 
tushuntiring. 
70-mashq. Quyidagi hodisaning sinekdoxa ekanligini isbotlab bering. 
Qo‘l, oyoq, bosh, tish, burun, chakka so‘zlari orqali sinekdoxa usuli 
bilan qanday ma’no hosil bo‘layotganini misollar yordamida tushuntiring. 
Namuna: 
Olma guli — gul emas, taqsam chakkamda turmas. (Qo‘shiqdan) 
71-mashq. Olma archiyotib qo‘lini kesib olmoq, yig‘ilishga mo‘ylovni 
chaqirib kelmoq, g‘ildirakni yurgizmoq, cho‘loqqa achinish bilan qaramoq 
birikmalaridagi ma’no ko‘chish usulini izohlang. O‘zingiz ham sinekdoxa 
usuli bilan ma’no ko‘chishiga misollar keltiring. 
72-mashq. Boborahim Mashrabning «Sajda aylar zohid ul mehrob aro
Men qilurman sajada egma qoshima» baytida keltirilgan «egma qosh» 
iborasining nima uchun sinekdoxaga misol bo‘la olishini isbotlang. So‘ng 
mumtoz she’riyatda oy yuz, qorako‘z, oq bilak, sarv qad kabi atamalarning 
yor, dildor ma’nolarida ishlatilganligiga misollar keltirib, ularning 
ma’nolari ustida fikr yuriting.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling