Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


VAZIFADOSHLIK VA UNING USLUBIYAТI


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

6.2. VAZIFADOSHLIK VA UNING USLUBIYAТI 
1-topshiriq. Stolning oyog‘i birikmasidagi oyoq so‘zining 
ma’nosini tushuntiring. So‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini 


ayting. Тo‘g‘ri va ko‘chma ma’nolar o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
izohlang. 
Ko‘chalarni chiroqlar yop-yorug‘ qilib turibdi. Chiroq piligini 
pasaytirdi. 
Yuqoridagi ikki gapda qo‘llanilgan chiroq so‘zining ma’nosiga e’tibor 
bersangiz, u bir xil vazifa bajaruvchi ikkita bir-biriga o‘xshamaydigan 
narsalarni ifodalayotganining guvohi bo‘lasiz. Birinchisida «elektr toki 
orqali yorituvchi noksimon (lampochka) yoki tayoqsimon asbob»ni, 
ikkinchisida esa «kerosinga pilik solish vositasi bilan yorituvchi, asos va 
shisha qismlardan tashkil topgan asbob»ni bildiradi. 
Bu asboblar shakliga ko‘ra bir-biriga o‘xshamaydi, makon va zamonda 
ularning aloqadorligi ham yo‘q, lekin har ikkisi yoritish vazifasini bajaradi. 
Ana shu vazifaviy bir xillikka ko‘ra ilgari yog‘ga pilik tekkizish orqali 
yoritiladigan shishasiz, ochiq asbob nomi keyinchalik asos qismga shisha 
o‘rnatilgan yoritgich asbobni, keyinroq esa elektr tokidan foydalanishga 
o‘tilgandan so‘ng lampochkalarni ham ifodalash uchun qo‘llaniladi. 
Natijada chiroq so‘zi bir-biriga o‘xshamaydigan xilma-xil yorituvchi 
vositalarga nisbatan qo‘llanila boshlandi. 
Narsa va hodisalar o‘rtasidagn vazifaviy bir xillik asosida 
birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishi vazifadoshlik 
asosida ma’no ko‘chish deyiladi. 
Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan so‘zlarni bilish, ularning ilgari 
qanday shakldagi narsalarni ifodalaganligini anglash tilimiz imko-
niyatlarining naqadar boy ekanligini his qilishimizga yordam beradi. 
Savol va topshiriqlar 
 
1. Vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishi deganda nimani tushunasiz? 
2. Vazifadoshlik asosida ko‘chma ma’no ifodalashning metafora, 
metonimiya, sinekdoxa asosida ko‘chma ma’no ifodalashdan qanday farqi 
borligini tushuntiring. 
3. Vazifadoshlik asosida ko‘chma ma’noning ifodalanishiga uchta misol 
keltiring va ko‘chma ma’no ifodalash sababini izohlab bering. 
73-mashq. Hikoyatni o‘qing, so‘z ma’nosi ko‘chirilgan o‘rinni topib, 
unga tavsif bering. 


Ikki kishi poyezdda hamroh bo‘lib ketishayotgan edi. Ulardan birining 
ko‘zi tashqarida o‘tlab yurgan qo‘y-qo‘zilarga tushdi va dedi: 
— Qiziq, bu yerdagi tuyoqlar soni nechta ekan-a?
Ikkinchisi ularga biroz qarab turdi-da, shunday deb javob berdi:
— O‘tloqda bir ming qirq uchta qo‘y bor. 
— O‘lay agar, — dedi birinchisi, — shu qo‘ylarning egasi bo‘lma-
ganimda, bu gapingizga sira ishonmagan bo‘lardim. Qanday topdingiz?
— Buning hech ham qiyin joyi yo‘q, — dedi hozirjavoblik bilan unisi. 
— Barcha tuyoqlarni hisoblab chiqib, to‘rtga bo‘ldim-qo‘ydim... 
74-mashq. Qanot, yurak, oyoq, ko‘z, bosh so‘zlarini vazifadoshlik 
asosida ko‘chma ma’nolarda ishlating. Ma’no ko‘chishning nimaga 
asoslanayotganiga diqqat qiling. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling