Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
75-mashq. Gaplarni o‘qing, sinekdoxa yoki vazifadoshlik usuli bilan 
so‘z ma’nosi ko‘chirilgan o‘rinlarni topib, izohlang. 
1. Sekinroq gapiring, aylanay, devorning ham qulog‘i bor. 2. Hozirgi 
yoshlarimizga ko‘z tegmasin, ular bizdan ko‘ra aqlliroq, bilimdonroq bo‘lib 
o‘sishyapti. 3. Guruhimizning birlashishi uchun unga bir bosh kerak bo‘lib 
qoldi. 4. Samolyotning qanoti o‘ta pishiq materialdan ishlangan. 5. Kechagi 
futbol bahsida O‘zbekistonning qo‘li baland keldi. 6. Olimpiadada 
birinchilikni bu gal Buxoro olib ketdi. 7. Avtomobilning eshigini ochib 
do‘stini chiqarib oldi. 8. Askarlarimiz Vatan sarhadlarini ko‘z bo‘lib, quloq 
bo‘lib tun-u kun sergaklik bilan qo‘riqlamoqdalar. 9. Bu xushxabarni 
do‘stlarimga yetkazish uchun oyoq bo‘lib yugurdim. 
 
Тayanch tushunchalar 
metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, ma’no ko‘chishi. 
 
 
 
 
7-dars. AТAMA VA AТAMASHUNOSLIK. AТAMASHUNOSLIK 
MUAMMOLARI 
 


7.1. AТAMA VA AТAMASHUNOSLIK  
Dars maqsadi: o‘quvchilarda iste’mol doirasi chegaralangan leksika va 
unda atamalarning tutgan o‘rni haqida bilim hamda ko‘nikmalar hosil qilish, 
ularga atamalarning tildagi o‘rnini ko‘rsatib berish.
R e j a:
* Atama haqida ma’lumot.
* Atama bilan umumxalq so‘zlarining munosabati. 
* Atamalarning tildagi ahamiyati. 
* Atamashunoslik haqida. 
1-topshiriq. Suv so‘zining kashtachilikdagi va kimyo fanidagi 
ma’nolarini tushuntiring. Ularning umumxalq tilidagi suv so‘zi 
ma’nosi bilan solishtirib, farqini ayting. 
 
2-topshiriq. Audit, kredit so‘zlarining ma’nosini ayting va 
ularning qaysi sohada qo‘llanilishini tushuntiring. 
Shu kunga qadar bir nechta fanlarni o‘qidingiz. Har qaysi fanda ma’lum 
ilmiy tushunchalarni ifodalovchi o‘ziga xos so‘zlarga duch keldingiz. 
Masalan, kimyo fanidagi suv so‘zining ma’nosi umumxalq tilida 
qo‘llaniladigan suv so‘zining ma’nosidan farq qiladi. Xuddi shunday holatni 
temir, oltingugurt, oltin singari so‘zlarda ham kuzatish mumkin. 
Bundan tashqari, turli kasb-hunar tarmoqlarida ham umumxalq tilidan 
ma’nosi chegaralab olingan so‘zlar qo‘llaniladi. Masalan, chevarchilik 
sohasidagi suv so‘zining ma’nosi umumxalq tilidagi suv so‘zining 
ma’nosidan tamomila farq qiladi. Shuningdek, duradgorlik sohasida 
ishlatiladigan qosh so‘zining ma’nosi umumxalq tilidagi qosh so‘zining 
ma’nosidan yanada boshqacharoq. Atamalar o‘zbek tilining ichki 
imkoniyatlari negizida hosil qilinishi bilan birga, boshqa tillardan ham 
tayyor holda olinadi. Masalan, menejment, konsalting kabi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling