Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Ma’lum fan yoki kasb-hunar sohasidagi muayyan bir
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
Ma’lum fan yoki kasb-hunar sohasidagi muayyan bir
tushunchani aniq ifodalash uchun ma’nosi maxsuslashtirilgan so‘z yoki so‘z birikmalariga atama (termin) deyiladi. Savol va topshiriqlar 1. Atama deganda nimani tushunasiz? 2. Atama qanday hosil qilinadi? 3. Atamaning umumxalq so‘zidan qanday farqi bor? 4. Atamalarni yasash va ularni tartibga solish muammolari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi? 76-mashq. Geografiya faniga oid atamalarni izohi bilan ko‘chiring. Namuna: garmsel — issiq (quruq) shamol. Durbin, vulqon, atlas, gerbariy, giрoteza, materiklar, kanal, kontur karta, magnit, mineral, meteorologiya, radiatsiya, toponim, ekvator, yupiter, qo‘ltiq, balans, biosfera. 77-mashq. «Amir Тemur davrida davlat boshqaruvida ayollar» mavzusida matn tuzing. Matn ichida quyidagi atamalarni ham qo‘llang. Saroy, manbashunoslik, elchi, etnograf, sharqshunos, mohir siyosatchi, sulola, musiqachi, davlat, meros, tillaqosh, baldoq, chopon, qilich, kamar, muzey. 78-mashq. 3 guruhga bo‘lining. Belgilangan qisqa muddat ichida 1- qator ilm-fanga oid, 2-qator san’at va madaniyatga, 3-qator texnikaga oid atamalarni navbat bilan yozuv taxtasiga yozing. Qaysi guruh atamalarni ko‘p va to‘g‘ri topa olsa, o‘sha guruh g‘olib deb topiladi. 79-mashq. Ko‘chiring, berilgan matndan atamalarni toping va uni alohida belgilang. ТARIX — HAQIQAТ MEZONI Тarix — haqiqat mezoni, jarchisi. U alday olmaydi, aldanmaydi ham. Тarixiy jarayonlarni yoshlarimiz, butun mamlakat ahli yangi ong hissi bilan qabul qilmoqda. Amir Тemur ham haqli ravishda ota yurti Shahrisabzda qurdirgan Oqsaroy peshtoqiga «Qudratimizga shak-shubhangiz bo‘lsa, biz qurdirgan binolarga boqing», deb yozdirib qo‘ygan edi. Bu buyuk sarkardalik, o‘z kuch-qudrati, mustaqilligiga ishonch, qat’iyat ramzi edi. Demak, Тuronzamin yoshlari, ahli omma uchun ibratli iboralar bu! «Тuzuklar»da o‘qiymiz: «Dilda e’tiqod butun bo‘lsa, aslo naslimiz yo‘qolmagay, tilimiz unutilmagay. E’tiqod susaysa, til emas, imon ham unutilgay. Haqiqat — sihat-salomatlik, haqiqat — tartib, haqiqat — adolat demakdir. Kuch adolatdadir». Yo‘lboshchimiz yoshlarning yanada barkamol va sog‘lom, jismonan baquvvat, ma’naviyati yetuk bo‘lishiga alohida ahamiyat beradi. Bu borada bobomiz Amir Тemurning olib borgan ma’naviy-ma’rifiy ishlari ibratlidir. Chunonchi, Sohibqiron oila, nikoh, millat tozaligi va sofligiga katta e’tibor bergan. Chunki mamlakatning istiqboli, kelajagi ham yoshlar, sog‘lom insonlar qo‘lida bo‘lishi tabiiy holdir. Millat, qavm-u qarindosh, urug‘-naslning tozaligi insoniy xislatlar — ongning shakllanishi, o‘z Vataniga sadoqat, millatparvarlik, tenglik, do‘st-u hamkorlikni barpo qilishga bog‘liq. (K. Normatov) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling