Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2. AТAMASHUNOSLIK MUAMMOLARI
80-mashq. O‘qing. Quyidagi fikrlarni qayta hikoya qiling. Matndagi
atamalarni toping. EKOLOGIK MUAMMOLAR Milliy xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e’tiborga molikdir. Uzoq yillar mobaynida eski ma’muriy-buyruqbozlik tuzumi sharoitida bu muammo bilan jiddiy shug‘ullanilmagan. Тabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag‘ ajratilardi. O‘rmonlar o‘ylamay-netmay, vahshiylarcha kesib tashlanar edi. Yoqilg‘i va mineral-xomashyo zaxiralari real ehtiyoj bilan taqqoslanmagan holda juda ko‘p miqdorda qazib olinganidan ko‘pchilik qismi qayta ishlanmagan chiqitlar sifatida uyulib yotar edi. Тabiatni muhofaza qiluvchi eng oddiy tozalash inshootlariga ega bo‘lmagan bahaybat sanoat korxonalari faol bunyod etildi. Natijada barcha zaharli va zararli sanoat chiqindilari ulkan havo kengliklarini, suv havzalarini, yer maydonlarini ifloslantiradigan bo‘ldi. O‘z ko‘lami jihatidan beqiyos darajada katta gidroenergetika loyihalarini ro‘yobga chiqarish, transport kommunikatsiyalarini (BAM, ТurkSib kabi temiryo‘llarni, avtomobil, neft-gaz magistrallarini va irrigatsiya tarmoqlarini) bunyod etish nafaqat tabiiy zaxiralarni qashshoqlashtirdi, balki butun boshli aholi punktlarining yo‘q bo‘lib ketishiga, ekologik muvozanat, iqlim, odamlarning hayot va faoliyat sharoitlarining buzilishiga ham olib keldi. ...Xalqaro tuzilmalarning zaxiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini ana shu muammolarni hal qilishga jalb etish birinchi darajali vazifadir. 7.2. AТAMASHUNOSLIK MUAMMOLARI Har qanday fan sohalarining rivojida shu fanga doir atamalarni izga solish katta ahamiyatga ega. Istiqlolga erishgunga qadar o‘zbek ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalardagi atamalarning rivojiga e’tibor berilmadi. Natijada atamalarning ko‘pchiligi rus tilida qanday bo‘lsa, shundayligicha olindi. Masalan, spravka, doklad, kanselyariya va boshqalar. Mustaqillik sharoitida atamalarni izga solish eng dolzarb vazifa- lardandir. Atamalarni tartibga solish harakati mustaqillikning ilk davrlarida turli yo‘sinda olib borildi: a) rus tilidan va bu til orqali Yevropa tillaridan kirib kelgan atamalarning o‘rniga arab-fors tilidan atamalar tanlash: aeroport o‘rniga tayyoragoh; samolyot o‘rniga tayyora; institut o‘rniga oliygoh, rayon o‘rniga nohiya, radio o‘rniga ovoznigor, telefon o‘rniga durovoz kabilar; b) rus tilidan va bu til orqali Yevropa tillaridan kirib kelgan atamalarning o‘zbek tilining ichki imkoniyatlarini qidirib, o‘zbekcha muqobillarini topish. Agar muqobili bo‘lmasa, boshqa tillardan olingan atamalarni o‘zbek tili fonetik qonuniyatiga moslashtirib qo‘llash. Masalan, aksiya — hissa, aksioner — hissador, kanselyariya — devonxona, pechat — muhr, gimn — madhiya, tamojnya— bojxona, bank — banka, samolyot — samolyot, vertolyot — vertolyot, raketa — raketa, tank — tank, telefon — telefon, kompyuter — kompyuter kabi. Atamalarni izga solishning keyingi yo‘li istiqbolli yo‘l ekanligi hammaga ayon bo‘ldi, chunki boshqa tillardan atama qabul qilmaydigan birorta ham til yo‘q. Masalan, telefon, kompyuter atamalari dunyoning hamma tillariga kirib borgan. Hozirgi kunimizda o‘zbek tili birja, dizayn, lizing, marketing, menejment, monitoring, audit singari yuzlab boshqa tillardan olingan atamalar hisobiga boyib bormoqda. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling