Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 82-mashq.
Savol va topshiriqlar
1. Atamalarni tartibga solishga qanday zaruriyat tug‘ildi? 2. Atamalarni tartibga solishning qaysi yo‘llarini bilasiz va qaysisi sizga ma’qulroq? 3. Iqtisodiyot sohasida qabul qilingan beshta yangi atama toping va ular ishtirokida gap tuzing. 81-mashq. Uyga topshiriq. «O‘lmas navolar» mavzusida insho yozing. San’atshunoslikka oid atamalardan foydalaning. Inshoga quyidagi to‘rtlikni epigraf qilib oling. San’atga baxsh umrning so‘ngsiz mo‘jizasi bor, U dunyoni tark etsa, undan dunyo qoladi. Inson umri sarhadli, qo‘shiq umri poyindor, Navosiz yuraklardan o‘lmas navo qoladi. 82-mashq. Semantika, polisemiya, monosemiya, leksikografiya kabi atamalarning lug‘aviy ma’nolarini izohlang. 83-mashq. Grammatik o‘yin — topshiriq. Ikki guruhga bo‘lining. Тilshunoslikka oid atamalardan foydalanib, tez aytish bo‘yicha so‘z zanjiri tuzing. Bunda so‘zning oxiridagi tovushga qarab, ikki guruh shu tovushdan boshlanuvchi so‘z aytadi. I guruh II guruh ko‘makchi imlo olmosh sheva adabiy til leksikologiya yasovchi ibora 84-mashq. 1798-yilda yaratilgan Muhammad Xoksorning «Muntaxob- ul-lug‘at» asarida astronomiya, matematika, musiqashunoslik, adabiyot faniga oid atamalar berilgan. Ularni daftaringizga ko‘chiring, ma’nolarini izohlang. Sath, vatar, mintaqa, xatti ustuvo (ekvator); ag‘oni, nag‘ma, surud, «Hijoz», «Ajam», «Iroq», nag‘amot, musiqa, navo, ohang, bad’e, tashbeh, ramz, radif, fasohat, majoz, nazm, hijo, she’r. 85-mashq. Huquqshunoslikka oid atamalarni izohi bilan ko‘chiring, yozilishiga diqqat qiling. Amnistiya, arbitraj, arxiv, audit, bankrot, brifing, vaucher, viza (ruxsatnoma), grant, deklaratsiya, demokratiya, dividend, dotatsiya, investitsiya, interpol, kadastr, kvorum, kvota, kongress, konstitutsiya, lizing, magistr, okrug, patent, reglament, sanatsiya, sanksiya, tender, terror, ekstremizm. 86-mashq. Matnni o‘qing, atamalarni topib, ularni izohlang. Vodorodning ishlatilishi uning kimyoviy xossalariga asoslangan. Undan kislorod bilan birikkan paytida ko‘p issiqlik chiqadi. Shu bois, vodoroddan motor yoqilg‘isi sifatida foydalaniladi. Metallarni qirqish va payvandlash ishlarida ham u faol qo‘llaniladi. Vodorodning metallmas moddalar: xlor va azot bilan birikishi reaksiyasi asosida sanoatda xlorid kislota va ammiak ishlab chiqariladi. Ammiakdan, o‘z navbatida, nitrat kislota olinadi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling