Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тayanch tushunchalar 
atama, atamashunoslik, iste’mol doirasi chegaralangan leksika. 
 
 
 
 
8-dars. O‘ZBEK ТILI LEKSIKASINING
RIVOJLANISHI. O‘ZBEK ТILI
LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI
 
8.1. O‘ZBEK ТILI LEKSIKASINING RIVOJLANISHI 
Dars maqsadi: o‘quvchilarda o‘zbek tili leksikasining takomil topib 
borish yo‘llari, tildagi so‘zlarning eskirib borishi va ularning o‘rniga 
yangilarining kirib kelishi haqida bilim hamda ko‘nikmalar hosil qilish. 
R e j a:
* Leksika tarkibidagi o‘zgarishlarning sabablari.
*Ayrim leksemalarning eskirishi va uning sabablari:
arxaizmlar va istorizmlar (tarixiy so‘zlar).
* Yangi so‘zlarning paydo bo‘lish sabablari.
* Neologizmlar. 


1-topshiriq. Navoiyning quyidagi baytidan hozirgi o‘zbek tilida 
ishlatilmaydigan so‘zlarni aniqlang: «Jam’ bo‘lib bir kun guliston 
qushlari, Boshoq bahr-u biyobon qushlari. Barcha bir manzilda 
majma’ tuzdilar, Har bir o‘z haylu safni ko‘rguzdilar». 
 
2-topshiriq. Vaucher, tender so‘zlarining ma’nosini tushuntiring 
va ularning o‘zbek tilida qachondan boshlab qo‘llanganini ayting. 
Bizni qurshab turgan olamdagi hamma narsa va hodisalar uzluksiz 
o‘sishda-rivojlanishdadir. Masalan, hovlingizga ko‘chat ekdingiz. U 
ko‘karib, asta-sekin rivojlana boshlaydi, lekin uning rivojlanish jarayonini 
oddiy ko‘z bilan kuzata olmaysiz. Ko‘chat ekilgan holat bilan uning bir 
necha oy yoki yil o‘tgandan keyingi holatini solishtirsangiz, undagi ro‘y 
bergan o‘zgarishlarni payqaysiz. 
Xuddi shuningdek, siz bilan biz gaplashib turgan til ham muttasil 
rivojlanishda, o‘zgarishdadir. Bu o‘zgarishlarni shu tilning ikki davr 
oralig‘idagi holatiga qarab bilib olamiz. Masalan, Navoiy tili bilan hozirgi 
davrdagi o‘zbek tili yoki Fitrat, Cho‘lponlar davri bilan bugungi o‘zbek 
tilini solishtirsak, bu ikki davr oralig‘ida ro‘y bergan o‘zgarishlar leksikada 
ko‘proq aks etganini sezishimiz mumkin. 
Ko‘rinadiki, bunday o‘zgarishlar tilning lug‘at jamg‘armasida ko‘proq 
namoyon bo‘ladi, chunki xalqimiz tarixida ro‘y bergan iqtisodiy-ijtimoiy, 
siyosiy o‘zgarishlar tufayli yangi so‘zlar kirib keladi, ayrim so‘zlar 
iste’moldan chiqib ketadi. Masalan, eski o‘zbek tiliga xos cherik (askar), 
o‘ko‘sh (ko‘p), talim (bir qancha) singari so‘zlar bugungi kunda 
qo‘llanilmaydi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling