Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Ular o‘zbek tili leksikasining eskirgan qatlamini tashkil qiladi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Ular o‘zbek tili leksikasining eskirgan qatlamini tashkil qiladi. 
Ularga nisbatan eskirgan so‘zlar yoki arxaizmlar va istorizmlar 
atamasi ishlatiladi. 
Bunga zid o‘laroq, konsaltingauditsammit singari so‘zlar esa 
tilimizga endigina kirib kelyapti. Ular yangi paydo bo‘lgan 
so‘zlar, ya’ni neologizmlar sanaladi. 
Sobiq sho‘rolar davrida siyosiy byuro, pioner, komsomol, oktabrat 
singari so‘z va birikmalari faol qo‘llanilgan bo‘lsa, mustaqillik sharoitida 
bunday so‘zlarni ifodalaydigan tushunchalarga hayotda o‘rin qolmadi. 
Shuning uchun ular iste’moldan chiqib ketdi. Hozirgi kunda yangicha davlat 
va xo‘jalik boshqaruviga, bozor iqtisodiyotiga doir bir qator yangi so‘zlar 
paydo bo‘ldi. Ayrim eski o‘zbek tilida qo‘llanilgan so‘zlar yangitdan olib 


kirildi. Masalan, hokimiyat, hokimlik, vazir, vazirlik, devonxona va 
boshqalar. 
Shunday qilib, o‘zbek tili leksikasi turmushimiz uchun keraksiz bo‘lib 
qolgan tushunchalarni bildiruvchi so‘zlarning iste’moldan chiqib ketishi, 
yangi paydo bo‘lgan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarning esa kirib kelishi 
hisobiga doimo o‘zgarib, rivojlanib, boyib boradi. 
 
Savol va topshiriqlar  
1. Тilning rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?
2. O‘zbek tili leksikasidagi o‘zgarishlar haqida gapiring. 
3. Mustaqillik sharoitida yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni ayting.
 
87-mashq. Quyidagi so‘zlarni faol va passiv so‘zlarga ajrating. 
Yer, quyosh, odam, bashar, chaqmoq, uy, yo‘l, dinozavr, uzoq, imlo, 
g‘azal, koinot, ayol, odob, daryo, rejalashtirish, tabib, jadallashtirish
ekmoq, olim, magistratura, bakalavr, zilzila, toshqin, kuldi, sun’iy, 
agrotexnika, iste’mol, yig‘lamoq, yilnoma, yoqilg‘i, hafta, sut, qatiq, tovar. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling