Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тayanch tushunchalar 
eski qatlam, yangi qatlam, arxaizmlar, istorizmlar (eskirgan so‘zlar), 
neologizmlar (yangi paydo bo‘lgan so‘zlar). 
8.2. O‘ZBEK ТILI LEKSIKASINING
BOYISH MANBALARI 
Dars maqsadi: o‘quvchilarda o‘zbek tili leksikasining ichki va tashqi 
imkoniyatlar asosida boyib borishi haqida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.
R e j a:  
* O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari haqida. 
* Ichki imkoniyatlar asosida o‘zbek tilining boyishi.
* Boshqa tillardan so‘z olish asosida leksikaning
boyishi. 
1-topshiriq. Kadastrlizing so‘zlarining ma’nosini tushuntiring va 
ularning o‘zbek tiliga boshqa tildan olinish sababini ayting. 
2-topshiriq. Ilgari iste’moldan chiqib ketgan so‘zlarning yangi 
ma’noda qo‘llanayotganiga misollar keltiring. 
O‘zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib, 
rivojlanib boradi. Ularni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish 


mumkin: 1) o‘z ichki imkoniyatlari asosida; 2) boshqa tillardan 
so‘z olish asosida. Ularning birinchisi ichki manbalar, ikkinchisi 
esa tashqi manbalar sanaladi.  
1. O‘zbek tili leksikasining birinchi yo‘l bilan boyib borish imkoniyatlari 
juda kengdir. Masalan, a) ilgari qo‘llanilib, keyin iste’moldan chiqib ketgan 
so‘zlardan yangi tushunchalarni ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, 
viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo‘shimchalar yordamida 
yangi so‘z yasash: uyali telefon, omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi 
(auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqalar; d) dialektal so‘zlarni 
faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o‘xshatmoq», «tenglashtirmoq», 
«qiyoslamoq» ma’nosida. 
2. O‘zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. 
Dunyoda boshqa tillardan so‘z olmasdan faqat o‘z ichki imkoniyatlari 
asosidagina rivojlanadigan birorta ham til yo‘q. Bundan o‘zbek tili ham 
mustasno emas. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani ifodalovchi 
o‘z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi 
manbalarga murojaat qilish foydalidir. Bobolarimiz Mahmud Koshg‘ariy, 
Alisher Navoiylar ham shunga da’vat qilganlar. 
Keyingi davrlarda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so‘zlar yangi 
tushunchalar bilan birgalikda kirib keldi. Masalan, monitoring, diler, 
skayner kabi. 
Bularning hammasi o‘zbek tili leksik imkoniyatlarini kengaytirib
boyitmoqda. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling