Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
1. Тojik tilida
2. O‘zbek tilida chorpoya so‘ri olov o‘t chopon to‘n kissa cho‘ntak dasta sop buqa novvos jilt muqova oftob quyosh osmon ko‘k Тojik tilidan so‘z o‘tish natijasida qo‘shma va juft so‘zlar ham paydo bo‘lgan. Bosh (pana), qon (xo‘r), qo‘sh (nay), shirin (so‘z), yalang (bosh), qahr- g‘azab, to‘y-tomosha, sog‘-salomat, achchiq-chuchuk. 101-mashq. Berilgan so‘zlar qaysi tillardan o‘zbek tilining leksik qatlamiga o‘zlashganligini lug‘at yordamida aniqlang. Bu so‘zlarning o‘zbek tilida qo‘llanish sabablarini tushuntiring. Sport taym, lizing, aviatsiya, garaj, okean, xorijiy kompaniyalar, firma, kooperativ, avans, sug‘urta, aksiya, apelsin, limon, lenta, pyesa, epos, kokteyl, obyekt. 102-mashq. A. Hojiyev, L. Reshetovlarning «O‘zbek tili grammatik terminlarining qisqacha izohli lug‘ati»dagi 20 ta so‘zni ajratib, ma’nolarini puxta o‘rganing. Ularning qaysi tillarda o‘zbek tiliga o‘zlashganini toping. 103-mashq. Matnni ko‘chiring. So‘ngra umumturkiy so‘zlar, o‘zbekcha so‘zlar, forscha-tojikcha so‘zlar, arabcha so‘zlarni joylashtirilgan chizma chizing va matndagi so‘zlarni shu chizmalarga joylashtiring. FARZAND VA OТA UCHRASHUVI «Тoshkent — Andijon» poyezdi Asakaga yetib keldi. Yo‘lovchilar tez- tez vagonlardan tusha boshladilar. Havo ochiq, ko‘kda son-sanoqsiz yulduzlar charaqlagan, mayin shabada esib turibdi. Shahrixon soyi shovullab, suvi qirg‘oqqa uriladi, paxsa devorlardan engashgan olcha munchoqlari, oq o‘riklar oydinda ko‘zga tashlanib qoladi, uzoqlarda elektr chiroqlari miltillaydi. Yuk xaltasini orqalab olgan imoni komil, mo‘min yigit bu manzaralarga suqlanib, ko‘cha o‘rtasidan kelmoqda. Uzoq vaqt jang olovlarida yurgan kishi uchun bu manzaralar orombaxsh tuyular, quvonchi ichiga sig‘mas edi. Novcha teraklar uchida oyning kumush parchasi suzadi, shamol novda-nihollarni tebratadi. Ana, tong ham otmoqda. Allaqayerda bulbul to‘lib-toshib kuylaydi, yaqin o‘rtada xo‘roz qichqiradi. Ko‘prik oldida fonus ko‘targan kishi paydo bo‘ldi. Bu — Po‘latjonning otasi edi. Po‘latjonning tili tanglayiga yopishib qolgandek gapira olmas, vujudi esa karaxt bo‘lib qolgandek qimirlamas edi. Farzand bilan ota uchrashuvini ko‘kdagi oy kuzatar edi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling