Umumxalq tilida keng qo‘llaniladigan va shu tilda so‘zlashuv-
chilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lgan so‘zlarga qo‘llanish
doirasi chegaralanmagan so‘zlar deyiladi. Ular neytral leksika
atamasi bilan ham yuritiladi. Masalan, non, un, bug‘doy, salam,
daftar, qor, bulut va boshqalar.
Faqat ma’lum sotsial guruh hamda ma’lum bir hudud
doirasidagina qo‘llanilib, umumxalq tiliga xos bo‘lmagan so‘zlar
chegaralangan so‘zlar sanaladi.
Bunday so‘zlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Hududiy chegaralangan so‘zlar (dialektizmlar).
2. Sotsial chegaralangan so‘zlar.
Faqat ma’lum bir hudud doirasidagina qo‘llanilib boshqa
hududda yashovchi o‘zbek tili vakillari uchun xos bo‘lmagan
so‘zlar hududiy chegaralangan (shevaga xos) so‘zlar yoki dialek-
tizmlar deyiladi. Masalan, eshik «hovli», «uy» (Andijon), shoti
«narvon» (Andijon, Farg‘ona, Namangan), takya «do‘ppi» (Xorazm)
va boshqalar.
Ma’lum ijtimoiy guruh doirasidagina ishlatiladigan so‘zlarga
sotsial chegaralangan so‘zlar deyiladi. Masalan, «otarchi»lar
doirasida qo‘llaniladigan so‘zlar: yakan «pul», danap «qiz bola»;
temiryo‘l kuzatuvchilari doirasida qo‘llaniladigan so‘zlar: qaychi
«taftishchi», kolxoz «chiрtasiz yo‘lovchi».
Bunday so‘zlar argolar deb yuritiladi.
Ayrim argolar umumtil leksikasidan olinadi. Bunday vaqtda bu so‘zlar
umumtildagiga nisbatan boshqa ma’noda qo‘llaniladi. Masalan, kolxoz
umumtil leksikasida eskirgan bo‘lib, jamoa xo‘jaligini ifodalagan bo‘lsa,
temiryo‘l kuzatuvchilari tilida boshqa ma’noni ifodalaydi.
Shuningdek, ayrim tabaqa vakillari tilida faol ishlatiladigan
leksemalar ham uchrab turadi, bular jargonlar deyiladi. Masalan,
olampanoh, volidayi muhtarama, padari buzrukvor, manzirat
Do'stlaringiz bilan baham: |