Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

qilmoq va hokazo. 
Savol va topshiriqlar  
1. Qo‘llanilish doirasiga ko‘ra so‘zlar qanday turlarga bo‘linadi?
2. Dialekgizmlar deganda qanday so‘zlarni tushunasiz?
3. Sotsial chegaralangan so‘zlarga qanday so‘zlar kiradi?


106-mashq
Adabiy 
tilda 
uchramaydigan, 
faqat 
shevangizda 
uchraydigan so‘zlardan misollar keltiring. Ularning adabiy tildagi ma’nosini 
ham ko‘rsatib bering. 
107-mashq. Matnni o‘qing. Dialektal so‘zlarning ishlatilishiga e’tibor 
bering. 
— Nabiram hazilga moyil. Ammo u ketdi, degan, siz o‘ldimi, degansiz, 
haymi? 
— Shundoq-ku... lekin... 
— Aka Abdurahmon amonme? Nima deydi? Jalil tabibning gapini 
so‘zma-so‘z takrorladi.
— Hay, pulingiz kissangizgame?
— Ha. 
— Oling. 
— Qancha? 
Hayim aytdi. Jalil qo‘yin cho‘ntagidan gazetaga o‘rog‘liq pulni olib 
sanamoqchi edi, yamoqchi urishib dedi: 
— He esingizga bir narsa sizning. Bu yerga sanamang pulni, boshqa 
joyga sanab keling. 
Jalil xoliroq ko‘chaga borib pulni sanab yana gazeta parchasiga o‘radi-
da, ustaxonaga kelib, yamoqchiga uzatdi. 
— Erta keling, — dedi yamoqchi. 
— Yana ertami? 
— Ha sizga osonme, bu! Xohlasangiz boshqa yerga izlang. 
— Xo‘p, xo‘p... 
(Тohir Malik) 
108-mashq. Matnni o‘qing. Dialektizmlarni topib, tahlil qiling. 
Yozuvchining uslubiy maqsadini izohlang. 
Bir faqir bir badavlat odamga hamsoya erdi. Bir kuni aning o‘g‘li 
faqirning uyiga borib ko‘rdiki, ul odam bola-chaqasi birlan allaqanday 
taomni yeb o‘ltiribdur, andak zamon tikilib turib ul taomga mayl qildi, 
ammo uy egalarining hech qaysisi ani taklif qilmadi... 
Bola yig‘lab uyiga qaytdi. Ota-onasi yig‘laganing boisini so‘radilar. U 
bola faqirning taomga taklif qilmaganidan shikoyat qildi. Otasi buyurdiki, 
filhol anvoyi laziz taomlardan pishirgaylar. Bola taomni yemadi, manga 


hamsoyaning taomidan kerak deb, andoq yig‘lab turdiki, otasi faqirning 
uyiga bordi va aytdiki, ey faqir, bizga ranj va ozor yetkurganing nimaga 
kerak bo‘lur, deb. Faqir andak fursat boshini quyi solib turib dediki: «Ey 
xo‘ja, bul ishda sir bordir, mandin tilamagilki, ul sirning pardasini 
ko‘tarsam». Ammo tavongar (boy) so‘radiki: «Birovga halol va harom taom 
bo‘lurmu?» deb. Faqir javob berdiki: «Magar masjidda eshitmadingmuki, 
bechora, ahvoli tang bo‘lgan odamlarga murdorni (harom) emak haloldir, 
deb. Bilgilki, bolalarim uch kundan buyon hech bir taom yemas erdilar va 
men hech iloj topmay yurdim. Oxirilamr bu kun bir chor devorga kirib o‘lib 
yotgan eshakni ko‘rib, go‘shtidan bir miqdor kesib uyga keltirdim. O‘g‘ling 
uyimga kelgan mahalda ul harom o‘lgan eshakning go‘shtini yeb o‘tirgan 
erdik». Тavongar faqirni ko‘p duo qiddi va dediki: «Bir masjid solurman, 
aning savobi sangadir...»
(«Hikoyatlar»dan) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling