Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 113-mashq.
112-mashq. Siz qanday suv havzalari va inshootlar nomlarini
(gidronimlar) bilasiz? Ularni sanab o‘ting. Agar bilsangiz izohi bilan bering. So‘ng professor E. Begmatov haqidagi matnni o‘qing, uning o‘zbek nomshunosligini rivojlantirishdagi xizmatlarini belgilang. ERNSТ BEGMAТOV (1936) Filologiya fanlari doktori, professor Ernst Begmatov o‘zbek nutq madaniyati, leksikologiyasi muammolarini hal qilishda barakali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ayniqsa, uning o‘zbek onomastikasining shakllanishi va rivojida katta xizmati bor. Olim bu sohada o‘zining qator asarlarini e’lon qildi. Ular ichida «Kishi nomlari imlosi» (1970), «O‘zbek ismlari imlosi» (1972), 14600 ismning izohini o‘z ichiga olgan «O‘zbek ismlari» (1999) kitoblari alohida qimmatga ega. 113-mashq. Gidronimlarni quyidagi turlarga ajratib yozing. 114-mashq. Quyida berilgan toponimni o‘qing, so‘ngra siz ham toponimlarga misollar yozib, uni izohlang. Nazarmahram — Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi qishloq nomi. Mazkur toponim kishi ismi va Qo‘qon xonligi davridagi amal — mansabga oid atamalardan biri mahram so‘zidan tarkib topgan. Mahram — xonga yaqin bo‘lgan va uning huzuriga kira oladigan kishi. Shuningdek, mahramlar saroydagi boshqa ishlarni ham bajarganlar. Ko‘rinadiki, o‘tmishda mansab nomlari ko‘pincha amal egasining nomiga qo‘shilib aytilgan. Shunga ko‘ra ba’zi joy nomlariga kishi ismi va mansab nomi atama bo‘lib qolgan, Nazarmahram fikrimizning isbotidir. (N. Oxunov) 115-mashq. Uyga topshiriq. Geografiya darslaridan foydalanib, joy nomlari (toponimlar)ning quyidagi turlariga misollar yozing. O‘rmon, to‘qay, sahro, yaylov, yo‘l, dala, dasht. 116-mashq. Aholining yashash maskanlarini nomlashda, xalqning iqtisodiy turmush tarzi, shug‘ullanuvchi kasb-kori ham hisobga olinadi. Vaqtlar o‘tishi bilan hunar, garchi o‘zgarib ketsa-da, joy nomlari saqlanib qoladi. E’tibor bering: Miskarchilik, Ko‘nchilik, Egarchi, Jiyakchi, Тaqachi, O‘qchi, Miltiqsoz, Bo‘rchi, Ketmonchi, Charmgarguzar, Тandirchi, Sovungarlik. Yuqoridagi qishloq nomlarini yozing. Har biri ishtirokida ikkitadan gap yozing. Ularning bittasi atoqli, ikkinchisi turdosh ot bo‘lib kelsin. O‘zingiz yashab turgan joy nomini, uning atrofidan oqib o‘tadigan daryo, soy, ariq, tog‘, ko‘l, adir nomlarini daftaringizga yozing va ularni izohlang. 117-mashq. Joylarning nomlanishida qabila nomlari, joylarning relyefi hisobga olinadimi? Fikrning to‘g‘ri, noto‘g‘riligini isbotlash uchun misollar yozing. Namuna: Nayman, Jaloyir, Do‘rmon, Uzunko‘cha, Balandqishloq, Chuqurko‘cha kabi. 118-mashq. Qabristonlarning nomlanishiga misollar keltiring, izohini ayting. Namuna: Chig‘atoy qabristoni (Тoshkent shahri), Mirpo‘stin ota (Andijon shahri), Тutlug‘ ota qabristoni (Xo‘jaobod tumani). Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling