1-topshiriq. Yutmoq so‘zining shakldoshlarini ayting. Ularning
har qaysi ma’nosini gap ichida izohlang.
2-topshiriq. O‘t so‘zining shakldoshlarini
ayting va ularning har
birini gap ichida keltiring.
Тilimizda tovush (yozuvda harflar) tomoni bir xil bo‘lib,
turlicha ma’nolarni ifodalovchi so‘zlar va qo‘shimchalar mavjud.
Bunday so‘z va qo‘shimchalarning omonimlar (lot. homos — bir,
onuma — nom) yoki shakldoshlar deyilishidan xabaringaz bor.
Masalan, ot «hayvon», ot «ism», ot «irg‘it» kabi. Shuningdek,
tilimizda qo‘shimchalar o‘rtasida ham shakldoshlik muno-
sabatlari mavjud. Masalan,
-chi qo‘shimchasi so‘z yasovchi
qo‘shimcha (ishchi, suvchi) hamda yuklama (sen-chi, ayt-chi)
ma’nolarida ishlatiladi. Shunga ko‘ra,
omonimlar lug‘aviy (leksik)
omonimlar hamda
affiks omonimlarga bo‘linadi.
Lug‘aviy (leksik) omonimlar nutq jarayonida so‘z o‘yini uchun qulay
imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, zakiylik san’atida ulardan o‘rinli
foydalanish
askiyachilarning mahorati sanaladi.
Masalan, Abdulhay Maxsum Navbahor payrovi bo‘yicha askiyada:
«Ikkovlaring ham o‘ta dangasasizlar. Yakshanba kuni olma bog‘ga kirib,
daraxtlarni oqlaymiz», desam, «Bizni ish kam joyga yetaklang», deysizlar.
Bu o‘rinda
ish kam «uzum ko‘tarib taraladigan moslama» va «ish kam»
ma’nolarini bildirish uchun qo‘llangan yoki G‘ulomjon Ro‘ziboyev
cho‘tir
so‘zining tovush tomonining bir xilligidan foydalanib, ikki so‘z o‘rnida
ishlatadi:
«Bir gap eshitib qoldim. Saydullaxon choyxonada nasiyaga muomala
qilib, idoraga pul topshirmagan ekan, hisobchilar o‘zini o‘tqazib olib,
«cho‘turyapti» deb eshitdim. Bu o‘rinda
cho‘tir so‘zi: 1. Bujur; 2. Cho‘t ur
ma’nolarida ishlatilgan.
O‘zbek tilida leksik omonimlar ko‘p
ishlatilganligi sababli, u maxsus
she’riy janr — tuyuqqa ham asos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: