Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

126-mashq. Ashula payrovi bo‘yicha Erka qori aytgan quyidagi 
askiyadagi «galdir» so‘zining ma’nolarini ayting. 


Erka qori: — Saydali, bu Rasuljonni shogirdlikka olganingizdan keyin 
ahvolidan ham xabardor bo‘lib turing-da. Kechagi kuni to‘yda yuz grammni 
otvolib, galdirab yuribdi. 
127-mashq. Askiyani o‘qing, shakldosh so‘zlarni topib, ularni izohlang. 
ASKIYA 
QODIRJON AKA: — Aminbuva, ho‘ anavi oshpazni ko‘rdingizmi, 
QOVOQ OSHga kerak deyapti. 
AMINBUVA: — Mulla Qodirjon, avval meva-chevalardan olsangiz-chi, 
darrov OSH QOVOQSIZ bo‘lsin demasdan. 
QODIRJON AKA: — Bo‘lmasa, yozgi mevalardan to‘yib yeb oling
QOVOQ OSHSIZ ketasiz. 
AMINBUVA: — Ho, Ikromiddin, uka ho! Qodirjonning gaplarini 
eshityapsizmi? Ataylab shahardan kelib QOVOQ OSHSIZ ketmaylik 
deydilar. OSHQOVOQDAN QOVOQ OSH qilib qo‘yaqoling. 
QODIRJON: — Ikromiddin, bu yoqqa qarang, bizga pishirishingiz bitta 
OSh-ku, QOVOQ ham solasiz-a! 
IKROMIDDIN; — Qodirjon aka, sizlardaqa aziz mehmonlarga atab har 
xil ovqat qilganmiz, bu sho‘r OSHQOVOQ-da. 
AMINBUVA: — Mulla Ikrom, Qodirjon akadan tashvish qilmang, bu 
kishiga OSH QOVOQDAN olinsa bo‘ldi. 
QODIRJON AKA: — Aminbuva, ajoyib xushfe’l odamsizda, indamay 
olaverasiz: OSHGA QOVOQ SOLINMAYDI deb. 
AMINBUVA: — Тirikligimda yeb olay, bir qozonni tushirsangiz-a, 
OSH QOVOQDAN ketadi deb. 
IKROMIDDIN: — Qo‘yinglar, qovun sayliga kelgansizlar, bunaqa 
sovuq gapirmanglar. Qayoqdan ham tansiq ovqat qilaman dedim. Qodirjon 
aka, biroz u yoq, bu yoqdan gaplashib o‘tiringlar, boshqa ovqat qilaman! 
«QOVOQSIZ!» 
128-mashq. Ma’lumki, shakldosh so‘zlardan foydalanganda ham 
shakliy, ham mazmuniy go‘zallik aks etadi. Shakldoshlik so‘zning ma’no 
jilolarini 
namoyish 
qiluvchi 
lisoniy 
hodisalardandir. 

nutqda 
ohangdoshlikni yuzaga keltiradi. E’tibor bering. 
Bunim yo‘q, unim yo‘q,
Uyimda unim yo‘q.
Ishimda unum yo‘q,


Aytishga unim yo‘q
(Kamiy) 
Yuqoridagi tuyuqni tahlil qilib, shakldosh so‘zlar (lug‘aviy 
omonimlar)ning izohini yozing. 
129-mashq. Ko‘chiring. Lug‘aviy omonimlarni toping, ma’nosini 
izohlang. 
1. Kamina 80 yoshni qoralayapman, mustaqil davlat O‘zbekistonning 
ardoqli farzandiman. 2. Men otam haqida roman qoralayapman. 3. Ham-
mang o‘z aravangni tort. 4. Odinaxon dasturxon ustiga tort tortdi. 5. 31- 
avgust sanasi hech qachon, hech kimning yodidan ko‘tarilmaydi. 6. 
Keltirilgan mollarni birma-bir sana. 7. Yuzta nomarddan bitta mard 
yaxshidir. Yuz terisini toza saqlamoq uni har xil mikroblardan xoli qiladi. 
Siz ham yuqoridagidek gaplar tuzib, mashqni davom ettiring. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling