Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

136-mashq. Matnni o‘qing. Uning tarkibidagi lug‘aviy sinonimlarni 
topib, ularni alohida ko‘chirib yozing.
USТOZLARNI HURMAТLASH BAYONIDA 
Har bir inson uchun o‘z muallimini va ustozini e’zozlash, hurmat va 
ehtiromini ado qilish shartdir. Negaki, bu zotlar har qanday insonning ruhini 
tarbiyalaydi, ma’naviy boylik bilan to‘ldiradi, har qanday ruhiy va maishiy 
kamchilik hamda illatlarni poklaydi, jaholat degan buyuk aybdan xoli va 
ozod qiladi. 
Muallim va ustoz shunday zotki, u insoniyatni ilm bezagi bilan 
ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli fazilatlar bilan chiroy va oro beradi, 
tushuntirish bilan foydasiz narsalardan odamni xalos etadi, insonni haqiqiy 
komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalblariga 
joylaydi. 
Muallim va ustoz shunday zotki, u sening insonlik haq-huquqlaring 
nimadan iborat ekanini tushuntirib beradi, yaramas, yomon ishlardan 
qaytaradi va eng yaxshi ishlar va fazilatlar sari yo‘l ko‘rsatadi. Ular sening 
yuksakliging va kamolga yetishingni o‘ylashib, hamisha jon kuydirishadi, el 
ichida o‘ylab, butun kuch va imkoniyatlaringni ishga solishadi. 


Muallim va ustozning vaqtlari qimmatli ekanligini bilib, aytganlariga 
diqqat bilan quloq sol. Bordi-yu, biror narsani tushunmay qolsang, odob va 
muloyimlik bilan qayta so‘rashing zarur. Muallim va ustozing nima 
so‘rasalar kulib turib, odob va ikrom bilan chiroyli so‘zlarni saralab javob 
ber. Ilm maskanidan tashqarida yoki ko‘cha-ko‘yda ularni ko‘rib qolsang 
ta’zim bajo qil, qo‘lingni ko‘ksingga qo‘yib salom ber. 
(Abduqodir Nuriy al-Barzanjiy) 
137-mashq. Matnni o‘qing. Fe’llarni topib, uni sinonimlar bilan 
almashtirib ko‘chiring. 
MOHI RAMAZON HALOLLIK OYI 
Barcha-barchamizni hushyorlikka da’vat etuvchi Ramazon kirib keldi. 
Mag‘firat oyi, tavba oyi, mehr-muruvvat oyi, ezgu niyatlar oyi
badniyatlardan parhezlanish oyi, yaratgan egamizdan qo‘rqadigan, hatto 
nafsi hakalak otib, halollik, vijdon, diyonat so‘zlarini eshitganda istehzoli 
kuladiganlar ham o‘zini o‘zi savolga tutadigan oy: 
Halol bilan haromning farqiga boryapmanmi?
O‘zganing haqiga xiyonat qilmayapmanmi?
Kibr-u havoga berilmadimmi?
Zulm o‘tkazmayapmanmi? 
Umrimni o‘tkinchi hoy-u havaslarga sovurmayapmanmi? 
Jaholat va mutaassiblikka og‘madimmi?
Mansabni suiiste’mol qilmayapmanmi?
Ma’naviy haq-huquqimni anglab yetayapmanmi? 
Savolning cheki yo‘q, binobarin, Ramazon — savollar oyi desak ham 
to‘g‘ri bo‘lar. O‘zgalar tergamasidan burun o‘zini o‘zi tergashga odatlanish 
ham imon belgisi. Ramazon, «Siz shunga qodirmisiz?» deya savolga 
tutmoqda har birimizni. 
Bir nufuzli davraga haddan tashqari qimmatbaho yasan-tusan qilgan 
erkak-ayol kirib keldi: qaragan ham, qaramagan ham havaslandi. Bir Ziyoli 
kishi, «Bu er-xotin shu qadar shohona kiyinishga o‘zlarini qanchalik 
ma’naviy haqli deb hisoblaydilar?» deya savol qotdi. 
Hech kim javob bermadi, lekin savol ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘ydi. 
Ehtimol, o‘sha tobda har kim o‘zini o‘zi dabdabaga haqlimanmi?.. Men 
shunday mavqeni egallab turishga haqlimanmi?.. 


Kun bo‘yi non-choydan tiyilib yurish aytarli mashaqqat emas, bu 
Ro‘zaning eng jo‘n va zohiriy ifodasi, xolos, lekin halollik gigiyenasi 
nuqtayi nazaridan o‘zini taftish etishga har kim ham qodir emas. Bunisi 
qiyin, Ro‘za esa — ushbu qiyinni osonlashtirish uchun berilgan imkoniyat. 
Iloyo, bir-birovimizni halollik yili bilan, imon asri bilan muborakbod 
etaylik. Aziz yurtdoshlar! Ramazon oyida ana shunday qutlug‘ niyatlar bilan 
yashaylik! 
(Hurshid Do‘stmuhammad) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling