Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

138-mashq. She’rni nasriy bayon qiling. Ostiga chizilgan so‘zlarning 
sinonimini ham toping. 
Ollohning aytgani erur muqarrar,
Xesh-u begonaga aylang barobar,
Har neki buyursa pok Parvardigor
Uni joriy qiling adashmay zinhor.
139-mashq. Quyidagi so‘zlarning sinonimlarini topib, izohlang. 
Guvoh, zaif, kuchli, tinch, epchil, qobiliyat, hissa.
Тayanch tushunchalar 
ma’nodosh so‘zlar, lug‘aviy (leksik) sinonimlar, affiks sinonimlar
sinonimlar qatori (uya), bosh so‘z (dominanta). 
 
 
 
 
11-dars. ANТONIMLAR VA ULARNING
USLUBIY XUSUSIYAТLARI.
ТAKRORLASH
 
11.1. ANТONIMLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYAТLARI 
Dars maqsadi: o‘quvchilarda zid ma’noli so‘zlar va qo‘shimchalar 
haqida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish. O‘tilganlarni takrorlash. 


R e j a:  
* Qarama-qarshi ma’noli so‘z va qo‘shimchalar
haqida antonimlarning turlari.
* Nutqda antonimlardan foydalanishning ahamiyati.
* O‘tilganlarni takrorlash. 
1-topshiriq. Uzun so‘zining ziddini ayting va bu zid ma’noli so‘z 
asosida gap tuzing. 
2-topshiriq. Quyidagi so‘zlarning ziddoshlarini toping va ularni 
gap ichida keltiring: yaqin..., issiq..., shirin..., oq..., baland..., yaxshi... 
Biz o‘zimizni qurshab turgan olamni sezgi a’zolarimizning bosh 
miyamizga bergan axboroti yordamida bilib boramiz. Bilish jarayonida 
narsa va hodisalarni, harakat-holatlarni, belgi va xususiyatlarni bir-biriga 
zidlash, ularning o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash katta 
ahamiyatga ega. Bizning butun bilim faoliyatimiz zidlanishlarga asoslangan 
desak, yanglishmaymiz. Shuning uchun zidlanishlarga bizning ajdodlarimiz 
Abu Nasr Farobiy, Jaloliddin Rumiy va boshqalar katta ahamiyat berganlar, 
xususan, Jaloliddin Rumiyning ta’kidlashlaricha, har qanday «ashyo»ning 
qimmati ziddi bilan ayon bo‘ladi, ziddi bo‘lmagan narsani ta’rif etish 
imkoniyatdan tashqaridadir. Тangri nurning oshkor bo‘lishi uchun qorong‘i 
etib yaratilgan mazkur olamni mavjud ayladi... Odam ro‘parasida Iblisning, 
Muso qarshisida Fir’avnning, Ibrohim oldida Namrudning va Mustafo 
qarshisida Abu Jahlning paydo bo‘lishini bunga misol qilib keltirish 
mumkin. 
Ana shunday zidlanishlar tilimizda ham o‘z ifodasini topgan. Birini 
aytishimiz bilan uning ziddi xayolimizga keladi. Masalan, oq — qora, uzun 
— qisqa (kalta), baland — past, dono — ahmoq; — li (suvli), — siz 
(suvsiz) va boshqalar. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling