ma’noli so‘zlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san’at hosil qilinadi.
Bunday san’atga tazod san’ati deyiladi.
140-mashq. Quyida berilgan so‘zlarni ikki guruhga ajratib ko‘chiring:
1. Sinonimlar.
2. Antonimlar.
Katta-kichik, taom-ovqat, yaxshi-yomon,
qisqa-uzun, yuz-chehra, xafa-
xursand, qorong‘i-yorug‘, botir-qo‘rqmas, keksa-mo‘ysafid, kambag‘al-
bechora, urush-tinchlik,
istamoq-qidirmoq, issiq-sovuq, halol-harom,
tovush-ovoz,
mehnatkash-ishchan, falak-osmon, tirik-o‘lik, kiyim-libos,
kun-tun, pishiq-xom, bosh-kalla, halak-halok, so‘zladi-gapirdi, xat-xabar.
141-mashq. Berilgan maqollarni ko‘chiring.
Antonimlarning ostiga
chizing.
1. Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur. 2. Bolali uy —
bozor, bolasiz uy — mozor. 3. Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa
chopilur. 4. Do‘st
achitib gapirar, dushman — kuldirib. 5. Yomonning
yaxshisi bo‘lguncha, yaxshining yomoni bo‘l. 6. Yo‘g‘on cho‘ziladi,
ingichka uziladi. 7. Kam gapirsang, ko‘p eshitasan. 8.
Oyoq kiyiming tor
bo‘lsa, dunyoning kengligidan ne foyda. 9. Erni er qilgan ham xotin, qaro
yer qilgan ham xotin. 10. Qo‘y bir terining ichida necha ozib, necha
semiradi. 11.
Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer. 12. Aytar so‘zni ayt,
aytmas so‘zdan qayt.
Тayanch tushunchalar
antonimlar (ziddoshlar), lug‘aviy (leksik) antonimlar, affiks (qo‘shimcha
holatidagi) antonimlar, zidlash san’ati (tazod).
Do'stlaringiz bilan baham: